Sariq iPhone 14 to‘q sariqmi yoki och sariq?
Smartfon
20 mart, 01:06
Apple 7-mart kuni iPhone 14 va 14 Plus’ni yangi rangda taqdim etdi. Hi-tech nashriyoti sariq iPhone’ni banan, pishloq va Alyonka shokoladi bilan solishtirib ko‘rdi.

Smartfonning rangi to‘qroq bo‘lib chiqdi, lekin buni bir qarashda ilg‘ash qiyin. Alyonka shokoladi yoki sarg‘ish stiker kabi turli sariq rangdagi buyumlar bilan yonma-yon qo‘yganda, qurilma asl tusini farqlash mumkin. Qirralari bronza rangida.

Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasi mart oyida yangi rangdagi smartfonlar chiqarishni o‘ziga xos an’anaga aylantirgan. Misol uchun, kompaniya bir yil avval iPhone 13 yashil, ikki yil avval iPhone 12 binafsha rangini taqdim etgandi.

iPhone 14’ga yangi rangdan boshqa hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmagan. Bu o‘sha-o‘sha iPhone 13’ning biroz takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, A15 Bionic protsessorida ishlaydi, 60 Gts chastotada 6,1 dyuymli OLED displey va 12 megapikselli qo‘sh kameraga ega. iPhone 14 Pro’dagi Dynamic Island iPhone 14’da yo‘q.
Apple shuningdek, silikon chexollar to‘plamini taqdim etdi:




Oldinroq iPhone 14 yangi rangiga bag‘ishlangan video-rolik namoyish qilingandi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar