Qiymati 300 dollar atrofidagi eng yaxshi Android smartfonlari

Smartfon uchun ortiqcha pul sarflagandan koʻra, yaxshiroq va sifatli boʻlsa ham Android telefonlarini ishlatishni afzal biladiganlar uchun bir nechta variantlarni taqdim qilamiz.

Bugungi kunda bozorda optimal kamera, batareya va texnik sifatni taklif qiluvchi koʻplab byudjet variantlari mavjud.

Redmi Note 12 Turbo

Redmi Note 12 Turbo oʻrta darajadagi qurilma boʻlib, texnik xususiyatlari boʻyicha baʼzi byudjet flagmanlaridan ustun turadi. Eng soʻnggi Snapdragon 7+ Gen 2 protsessori grafik xususiyati yirik oʻyinlarni ham oʻynashga qurbi yetadigan darajada chidamli. Shuningdek, u tezkor 67 vattli adapterga ega va 1 TB xotira bilan taʼminlangan boʻlib, oʻrta sinf telefon modellari orasida bunaqasi kamdan-kam uchraydi.

Sotib olish

  • 8/256 GB - 300$
  • 12/256 GB - 320$
  • 12/512 GB - 343$
  • 16/1 TB - 388$ 

Manba: VegoMobile

Vivo T2x

Undan keyin ishlash va narxning yaxshi kombinatsiyasiga ega Vivo T2x turadi. Smartfon 144 Gts chastotali displeyga, 44 Vt tez zaryadlovchiga ega katta sigʻimli 6000 mA/soat batareyaga va kuchli MediaTek Dimensity 1300 protsessoriga ega. Ammo narxi 100 dollardan sal qimmatroq turadigan smartfonni O'zbekistondagi onlayn do'konlarda uchratmadik.

Moto G Stylus 5G

Kuchli uchlikni Moto G Stylus 5G (2023) yakunlaydi. Aslida, bu byudjet va bozorda Samsung Galaxy S23 Ultra uchun yagona muqobildir. Smartfon stilus va katta batareya bilan birga sotiladi.

Poco X5 Pro

Toʻrtinchi oʻrinda 120 Gts chastotali AMOLED displey, kuchli Snapdragon 778G chipset va ajoyib 108 + 8 + 2 MP uch kamerali Poco X5 Pro — va bularning barchasi 200 dollardan sal koʻproq narxda sotiladi.

BLACKVIEW BV9300

BLACKVIEW BV9300 birinchi beshlikni yopadi, u quvvatini ikki oygacha saqlab turishi mumkin va umuman balandlikdan qoʻrqmaydi.

<div><br></div>

Agar byudjet kichikroq boʻlsa, 6000 UAHgacha boʻlgan smartfonlar uchun shunga oʻxshash reyting mavjud. Ularning barchasi yuqori sifatli, yorqin ekran, oʻyinlar va ish uchun optimal protsessor, shuningdek, ajoyib avtonomiyani taklif qiladi.

Agar sizga haftada bir marta quvvatlanishi kerak boʻlgan klassik raqam teruvchi kerak boʻlsa, Nokia yaqinda 30 dollardan kamroq narxga yangi xususiyatli telefonni taqdim qildi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08