Poco C75 bilan tanishing — katta ekranga ega arzon smartfon!

Narxi 110 dollardan boshlanadi. Ushbu arzon smartfonning imkoniyatlari bilan tanishamiz.

Poco C75

Poco C75 haqidagi ma'lumotlar oktyabr boshida tarqaldi. Smartfon FCC tomonidan sertifikatlangan bo'lib, endi u rasman taqdim etildi.

GSMArena.com ma'lumotlariga ko'ra, smartfon 6.88 dyuymli LCD ekran bilan jihozlangan bo'lib, uning o'lchamlari 1640×720 piksel va yangilanish chastotasi 120 Gts.
Shuningdek, sensorni aniqlash chastotasi 240 Gts va maksimal yorqinlik 600 nit darajasida.

Qurilma ichida 2.0 GGts tezlikkacha ishlayotgan MediaTek Helio G81-Ultra protsessori o'rnatilgan. U 6 yoki 8 GB operativ xotira va 128 yoki 256 GB ichki xotira bilan ishlaydi.
Tizim barqarorligini HyperOS interfeysi bilan Android 14 ta'minlaydi.

Orqa panelda 50 megapiksellik asosiy kamera o'rnatilgan. Yordamchi kamera dekorativ vazifani bajaradi. Old tomonda tomchi shaklida 13 megapiksellik selfie kamerasi joylashgan.

Poco C75 yon tomonida qulf ochish uchun barmoq izi skaneri, 3,5 mmli naushnik uchun ulagich va 18 Vt tezlikda quvvat oluvchi, sig‘imi 5160 mA/soat bo‘lgan akkumulyator bilan jihozlangan. Lekin, qutida quvvatlagich mavjud emas.

Poco C75 texnik xususiyatlari:

  • Ekran: 6.88 dyuym, IPS, 1640×720 piksel, 120 Gts, 600 nit (maksimal)
  • Protsessor: MediaTek Helio G81-Ultra
  • Xotira: 6/128 GB, 8/256 GB
  • Kamera: asosiy 50 Mp, old 13 Mp
  • Batareya: 5160 mAs, 18 Vt tez zaryadlash
  • OS: Android 14 va HyperOS

C75 o'lchamlari 171.88×77.8×8.22 mm, og'irligi 204 gramm.
Smartfon xususiyatlari avgust oyida chiqarilgan Redmi 14C modelini eslatadi. Aslida, bu xuddi o'sha smartfon, faqat boshqa nom ostida.
Yangi model qora, oltin va yashil ranglarda mavjud.

Poco C75 narxi

- 6/128 GB xotirali versiya narxi 110 dollar
- 8/256 GB versiyasi esa 130 dollar.
Smartfon O'zbekistonda ham sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08