Kamroq kamera va kichikroq hajm: Sony Xperia 5 V ixcham sub-flagmani

Smartfon asosiy sensorli kamera tizimiga ega boʻlib, telefoto linzasiz ishlab chiqilgan.

Smartfon 120 Gts chastotali va tomonlar nisbati 21:9 boʻlgan 6,1 dyuymli FHD + OLED ekran va displey tepasida hamda ostida joylashgan old stereo dinamiklar bilan jihozlangan.

Sony Xperia 5 Vʼni Snapdragon 8 Gen 2 bir chipli tizimi, shuningdek, microSD karta sloti yordamida kengaytirilishi mumkin boʻlgan 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki flesh-xotira bilan kuchaytirilgan. 

Smartfondagi 3,5 mm naushnik sloti bugungi kunda telefonlarda kamdan-kam uchraydi.

Sony uchta kameradan voz kechib, qoʻsh kameraga oʻtdi. Xperia 5 V Xperia 1 V bilan bir xil 1/1,35 dyuymli 52 megapikselli asosiy sensorga ega. U 12 megapikselli tasvirlarni oladi. Shuningdek, sifatni yoʻqotmasdan 2x kattalashtirishingiz mumkin.

Ikkinchi kamera 12 megapikselli 1/2,5 dyuymli ultra keng burchakli kameradir. 12 megapikselli old kamera selfi uchun xizmat qiladi.

Telefon avvalgisidan 11 gramm ogʻirroq va bir oz qalinroq, lekin biroz kaltaroq. Xperia 5 V qisqarib borayotgan ixcham flagmanlar turiga kiradi va Samsung Galaxy S23 va yaqinlashib kelayotgan Apple iPhone 15 va 15 Pro bilan raqobatlasholadi.

5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorni 30 Vt quvvatga ega zaryadlash moslamasi yordamida 30 daqiqada 50% gacha zaryadlash mumkin, ammo u smartfon bilan birga sotilmaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08