Apple iPhone'ni Androidga oʻxshatmoqda

iOS 18 ning chiqishi iPhone ni Androidga o‘xshatib qoʻymoqda.

iPhone foydalanuvchilari Apple'ning iOS 18 dasturiy yangilanishida asosiy ekran elementlarini sozlash imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu haqda kompaniya Apple WWDC24 Developer konferentsiyasida aytib oʻtdi.

Masalan, endi siz asosiy ekrandagi ilova ikonalarini istalgan fotosurat bilan bezatilgan fon rasmi atrofida joylashtirishingiz yoki ikonlarga rangli soyalar qoʻshishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun asosiy ekranda barmogʻingizni bosib turishingiz kerak boʻladi. Qorongʻi rejimda ikonalar va fon rasmi ham yangi koʻrinishga ega boʻladi.

Endi iPhone'dagi yangi Nazorat Markazi funksiyasi Android Vidjetlariga oʻxshash boʻlib, masalan, qulflangan ekrandagi fonar tugmasini boshqa biror narsa bilan almashtirishingiz mumkin. Buning uchun asosiy ekranda barmogʻingizni bosib turib, kerakli oʻzgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Bu oʻzgarishlar bilan iPhone'ni xuddi Android kabi moslashtirish imkoniyatiga ega boʻlasiz. 

Bunday yangilanishlardan keyin ko'pgina odamlar ijtimoiy tarmoqda fikrlar bildira boshladi.

Apple asosiy ekranni sozlash imkoniyatlarini e'lon qilayotgan paytda, Android foydalanuvchilari oʻlguday kulgan boʻlsa  kerak💀

Boshqa bir foydalanuvchi shunday deb yozdi: 'Bu juda ham Android'ga oʻxshaydi, men buni ham yoqtirishni ham yoqtirmaslikni ham bilmayman. Rahmat, Apple.

Yana bir foydalanuvchi esa iOS 18'ning yangi xususiyatlari Android foydalanuvchilarini iPhone'ga oʻtishga undashi mumkinligini aytdi.

Android foydalanuvchilari uzoq vaqtdan beri ularning qurilmalari yanada innovatsion va ehtiyojlariga moslashtirish osonroq ekanini ta'kidlab kelishmoqda. Ba'zi iPhone foydalanuvchilari esa iPhone 15 chiqqanidan keyin bunga qoʻshilishdi.

Yillar davomida AQSh iste'molchilari orasida Android telefonlari eng mashhur tanlov bo'lib kelgan, ammo 2022 yilda iPhone foydalanuvchilari soni birinchi marta ortib ketdi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08