iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi

Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.

Taqdimotdan oldin tarqalgan ma’lumotlarning ko‘pi tasdiqlandi. Eng katta o‘zgarish yangi tugmachada bo‘lib, bu tugmacha kamerani boshqarishga yordam beradi. Masalan, Camera Control tugmachasi orqali zoom qilish ancha osonlashgan. Bundan tashqari, bu tugmacha "aqlli" bo‘lib, u bilan ob’ektlarni va hayvonlarni aniqlash yoki tezkor eslatmalar yozish mumkin. Bu tugmacha nafaqat texnik, balki dasturiy yechimlar bilan birga ishlaydi va qo‘l bilan sezib turish imkoniyatiga ega. Tugmachani bosish kamerani yoqadi, uzoqroq bosib tursangiz, videoni yozib olish boshlanadi. Bundan tashqari, bu tugmachani tezda foto va video sozlamalarini o‘zgartirish uchun ham ishlatish mumkin.

iPhone 16 Pro 6,3 dyuymli, 120 gigagertsli ekranga ega, iPhone 16 Pro Max esa kattaroq ekran bilan — 6,9 dyuymgacha kengaydi. Bu ekranlar iPhone’lar tarixidagi eng sifatli va tiniq ekranlar hisoblanadi. 

Qurilmaning titan korpusi chizilish va boshqa turdagi zararlardan yaxshi himoyalangan. Shuningdek, yangi "Desert Titanium" deb nomlangan maxsus rang ham kiritilgan.

Bundan tashqari, iPhone 16 Pro tarixdagi eng uzoq zaryadsiz ishlash muddatiga ega bo‘lishi ham e'lon qilindi.

Phone 16 Pro 3 nm texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan Apple A18 Pro protsessoriga ega, iPhone 16 esa Apple A18 chipsetidan foydalanadi. A18 Pro tizimi ichida 16 yadroli maxsus neyron protsessor mavjud bo‘lib, u Apple Intelligence texnologiyasini tez va samarali ishlashiga yordam beradi. Grafik protsessor (GPU) esa energiya sarfini 35% ga kamaytirib, avvalgi modellarga qaraganda 20% tezroq ishlaydi.

Yangi iPhone’larda Apple Intelligence texnologiyasi ancha tez va samarali ishlaydi, va umumiy chip imkoniyatlari bo‘yicha Apple A18 chipsetidan kuchliroqdir.

iPhone 16 taqdimotida Apple Intelligence va yangilangan Siri tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Siri endi ko‘proq turdagi so‘rovlarni tushunadi va ularga to‘g‘ri javob bera oladi. Biroq, yangi funksiyalarning ko‘pchiligi hozir emas, balki keyingi yangilanishlar bilan qo‘shiladi. Oktyabr oyida iOS 18.1 bilan ba’zi yangi imkoniyatlar taqdim etiladi. Afsuski, hozircha o'zbek,  rus tili qo‘llab-quvvatlanadigan tillar orasida yo‘q.

iPhone 16 Pro’ning eng katta o‘ziga xosligi uch kamerali tizimga ega bo‘lishidir. Odatdagi ikki modul o‘rniga, bu modelda uchta kamera mavjud. Asosiy yangiliklardan biri 48 megapikselli Fusion Camera bo‘lib, bu kamera ProRAW formatida suratlarni ikki baravar tezroq oladi. Bundan tashqari, uzoq kutilgan 48 MP ultra keng burchakli kamera ham qo‘shilgan. Telefotokamera esa 12 MP bo‘lib qolgan, lekin iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari 5 karra zum imkoniyatiga ega. Boshqacha qilib aytganda, insiderlar xabar bergan ma’lumotlar tasdiqlandi.

Kameraga yangi funksiyalar qo‘shilgan, jumladan real vaqtda ko‘rinadigan filtrlash rejimlari va Cinematic Slow Motion rejimi mavjud. Bu rejim yordamida yozilgan videoning tezligini 120 kadr/sekundda belgilash va uni sekinlashtirish mumkin. Shuningdek, HDR formatida 4K videoni 120 kadr/sekund tezlikda yozib olish imkoniyati bor. Video yozish jarayonida ovoz juda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ovoz uchun turli xil sozlamalar mavjud. Studiya sifatidagi mikrofonlar va keng imkoniyatli ovoz tahrirlash vositalari ham taqdim etilgan.

Magsafe zaryadlash tizimi endi tezroq ishlaydi, garchi uning aniq quvvati hali ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham. Shuningdek, iPhone’ning qadoqlanishi ekologik toza bo‘lib, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan.

iPhone 16 Pro modeli 128 GB xotira bilan 1000 dollardan sotuvga chiqadi, iPhone 16 Pro Max esa 256 GB xotirali versiyasi uchun 1200 dollar turadi. Oldindan buyurtmalar juma kunidan boshlab qabul qilinadi, rasmiy sotuvlar esa 20 sentabrda boshlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10