iPhone 16 Pro Max va Samsung S24 Ultra solishtirildi: Qaysi biri yaxshiroq?

GSMarena portali 2024-yilning eng kuchli smartfonlarini batafsil taqqosladi. Ikkala qurilma ham o'zining ustun jihatlari bilan ajralib turadi. Keling, ularni batafsil ko'rib chiqamiz.

GSMArena Official

Korpus va ekran:

- Ikkala smartfonda ham titan ramka va orqa paneli shishadan
- IP68 himoyasi mavjud, ammo iPhone suvda yaxshiroq ishlaydi (6 metr chuqurlikda 30 daqiqa), Samsung esa 1.5 metr chuqurlikda
- iPhone 16 Pro Max 6.9 dyumli ekranga ega, Samsung S24 Ultra 6.8 dyumli
- Samsung ekrani yorqinroq, quyosh nurida kamroq jilolanadi va old kamerasi uchun teshikcha kichikroq

Xavfsizlik:

- iPhone Face ID orqali ochiladi
- Samsung yuz va barmoq izi skaneri bilan ochiladi (barmoq izi skaneri xavfsizroq)

Texnik xususiyatlari:

- iPhone A18 Pro protsessori va 8 GB tezkor xotira
- Samsung Snapdragon 8 Gen 3 va 12 GB tezkor xotira
- Ikkala smartfon ham istalgan vazifani bemalol uddalay oladi

Batareya:

- iPhone 4685 mA/soat, Samsung 5000 mA/soat batareyaga ega
- iPhone uzoqroq ishlaydi
- Samsung tezroq quvvatlanadi (1 soat 5 daqiqa, iPhone 2 soat)
- Samsung teskari quvvatlash funksiyasiga ega

Kamera imkoniyatlari:

iPhone 16 Pro Max:
- 48 MP asosiy kamera
- 12 MP 5x zoom
- 48 MP keng burchakli
- LiDAR skaner

Samsung S24 Ultra:
200 MP asosiy kamera
- 10 MP (3x zoom) va 50 MP (5x zoom)
- 12 MP keng burchakli

Xulosa:

iPhone 16 Pro Max sizga mos, agar:

  • Apple qurilmalaridan foydalanib kelgan bo'lsangiz
  • Suratga olish sifati birinchi o'rinda bo'lsa
  • Batareya uzoq ishlashi muhim bo'lsa
  • Xavfsizlik masalasiga e'tibor qaratsangiz
  • Suvda ishlatiladigan bo'lsa (masalan, hovuz yoki dengizda)

Samsung S24 Ultra sizga mos, agar:

  • Android qurilmalarini afzal ko'rsangiz
  • Ruchka bilan ishlash kerak bo'lsa (S Pen)
  • Ko'proq zoom kerak bo'lsa (uzoqdagi obyektlarni suratga olish uchun)
  • Tez quvvatlanish muhim bo'lsa
  • Pulni tejash kerak bo'lsa (iPhone'dan arzonroq)

Eng muhimi:

- Ikkala smartfon ham o'z narxini oqlaydi
- O'zingizga qulay operatsion tizimni tanlang (iOS yoki Android)
- Qo'shimcha funksiyalarga qarab emas, kunlik foydalanishga qarab tanlang
- Oldingi qurilmangiz qaysi kompaniyaning bo'lsa, o'shani davom ettirgan ma'qul

Bitta muhim maslahat: Agar hozir sizda iPhone bo'lsa - iPhone 16 Pro Max oling, Android telefon bo'lsa - Samsung S24 Ultra. Chunki barcha ma'lumotlaringiz, dasturlaringiz va sozlamalaringiz yangi qurilmaga oson ko'chadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08