iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda

Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi

Counterpoint Research kompaniyasining 2024 yilning uchinchi choragiga oid yangi hisobotiga ko'ra, iPhone 15 dunyoda eng ko'p sotilayotgan smartfon bo'lib, global sotuvlar reytingida birinchi o'rinda turmoqda.

Ikkinchi o'rinda uning katta modeli - iPhone 15 Pro Max, uchinchi o'rinda esa kompaktroq iPhone 15 Pro joylashgan.

Apple kompaniyasi bozordagi etakchi mavqeyini saqlab qolmoqda, hatto boshqa ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa Samsung kompaniyasi unga raqobat qilish uchun juda katta sa'y-harakatlar qilishiga qaramay.

Samsung kompaniyasi bozorda yetakchi bo'lish uchun juda ko'p urinishlar qilayotgan bo'lsa-da, Apple iPhone modellaridan orqada qolmoqda. Hatto Samsung kompaniyasining eng yuqori modellaridan biri bo'lgan Galaxy S24 Ultra ham eng yaxshi 10 smartfon orasiga kirolmay qoldi.

 Samsung kompaniyasining arzonroq Galaxy A35 modeli oldingi modellaridan ko'ra yaxshiroq sotildi. Yani, Samsung kompaniyaning iqtisodiy segmentdagi smartfon modellari ham o'z pozitsiyalarini mustahkamlashga muvaffaq bo'lmoqda.

Xiaomi kompaniyasi ham bozorda o'z mavqeini saqlab qolish uchun kurashayotgan, va buning uchun arzon Redmi 13C modelini chiqargan. Bu model reyting ro'yxatida o'rnini ushlab turdi. 

Xiaomi hali ham Apple va Samsung qatorida turmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08