iPhone 14 Pro Max tannarxi iPhone 13 Pro Maxʼdan 3,7% ga qimmat bo‘lib chiqdi

Counterpoint Research kompaniyasi hisob-kitobiga ko‘ra, iPhone 14 Pro Max ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan komponentlar narxi o‘rtacha 464 dollarni tashkil qiladi. Bu 2021-yilda chiqarilgan iPhone 13 Pro Max komponentlari narxidan atigi 3,7 foizga ko‘p.

Tahlil asosida narxlarni hisoblab chiqsak:

128 Gb flesh-xotiraga ega mmVave iPhone 14 Pro Max smartfonini ishlab chiqarish 474 dollar bo‘lib, 6 GGs dan kam chastotada ishlaydigan bunday smartfon uchun komponentlar narxi esa 454 dollarni tashkil etadi (o‘rtacha 464 dollar).

iPhone 14 Pro Maxʼda Appleʼning o‘zi ishlab chiqqan chiplari komponentlar umumiy narxining 22% dan ortig‘ini tashkil etdi. Apple A16 yagona chipli tizimiga qo‘shimcha ravishda, Apple xususiy chiplari quvvatni boshqarish integral sxemasi, ovoz chipi va sensorli boshqaruv uchun ishlatiladigan blok kiradi.

Apple A15 Bionicʼdan Apple A16 Bionicʼga o‘tgani uchun narx 11 dollarga oshgan. Bundan tashqari, 48 megapikselli asosiy kamera va "always on" displeyi ham biroz qimmatroq turadi.

Maʼlumot uchun, iPhone 14 Pro Maxʼning bozordagi narxi taxminan 15-16 mln so‘mni tashkil qiladi

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08