Infinix HOT 50 Pro+ O'zbekistonda sotuvga chiqdi!

Infinix kompaniyasi 2024-yil 19-oktabrda o'zining yangi Hot 50 Pro+ modelini taqdim etdi. Bu smartfon O'zbekiston bozoriga noyabr oyida kirib keldi.

Texnik xususiyatlari 

- Ekran: 
  - 
6.78 dyumli katta AMOLED ekran
  - Full HD+ (2436×1080) aniqlik
  - 120 Hz  - ekranda barcha harakatlar juda silliq ko'rinadi
  - Chetlari biroz egilgan premium ko'rinishli ekran
- Tezligi va xotira:
  - 
MediaTek Helio G100 protsessori - kundalik vazifalar uchun yetarli
  - 8 GB operativ xotira - bir vaqtning o'zida bir nechta ilovalar bemalol ishlaydi
  - 256 GB ichki xotira - ko'p miqdordagi rasmlar, videolar va ilovalar uchun yetarli
  - MicroSD karta joylashtirish mumkin - xotirani kengaytirish imkoniyati bor

- Kameralar:
  - 
Orqa tomonda 50 MP asosiy kamera - kunduzi aniq va tiniq suratlar oladi
  - Old tomonda 13 MP selfi kamera - video qo'ng'iroqlar va selfilar uchun yaxshi
 - Old tomonda maxsus chiroq bor - qorong'ida ham yaxshi selfi olish mumkin

- Batareya va quvvatlash:
  - 
5000 mAh sig'imli batareya - bir kun bemalol yetadi
  - 33 Vt tezlikda quvvatlanadi - 30 daqiqada 50% gacha quvvat oladi
  - "Aqlli" va "Past haroratli" quvvatlash rejimlari mavjud

- O'lchamlari:
  - 
Juda yupqa (6.8 mm) va yengil (162 gramm)
  - Qo'lda ushlash qulay
  - Premium ko'rinishga ega

- Operatsion tizim:
  - 
Android 14 asosida
  - XOS 14.5 interfeysi - foydalanish qulay va chiroyli

Bu smartfon kundalik ishlatish uchun yaxshi, lekin jiddiy o'yinlar o'ynash yoki professional suratga olish uchun mo'ljallanmagan.

Dizayni:

Infinix HOT 50 Pro+ qalinligi
Infinix HOT 50 Pro+ qalinligi

Telefonning tanasi atigi 6.8 mm qalinlikda bo‘lib, ekranning qiyshaygan chetlari unga premium smartfonlarga xos ko‘rinish beradi. Og‘irligi esa atigi 162 gramm, bu uni qo‘lda qulay ushlashni taʼminlaydi. Orqa panel plastikdan ishlangan, bu esa barmoq izlarini kamroq ko‘rsatadi va yorug‘lik tushganda chiroyli tovlanib turadi.

Narxi va ranglar:

Smartfon 3 xil rangda mavjud: binafsha, qora va kulrang

texnomart.uz  do'konlarida smartfonning narxi: 3 300 000 so'mdan boshlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08