HTC U24 Pro: OLED ekran, 50 MP kamera va uning qimmat narxi

HTC simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan yangi smartfonni chiqardi

Bilamizki HTC anchadan beri yangi telefonlar chiqarmayapti, shuning uchun har bir yangi modelining chiqishi katta voqea hisoblanadi. Bu gal brend HTC U24 Pro modelini taqdim etdi. Bu o‘rta darajadagi qurilma, Telefon Snapdragon 7 Gen 3 processori bilan ishlaydi., lekin narxi ancha yuqori:

- 12 GB operativ xotira va 256 GB xotira hajmiga ega asosiy versiyasi 585 dollarga baholanadi,

- eng kuchli modeli 12/512 GB esa 650 dollarga sotiladi.

Xitoyda bu narxda ancha kuchli flagman telefonlar ham sotiladi.

HTC U24 Pro telefonining ekrani 6,8 dyuymli, 120 Hz tezlikda yangilanadigan OLED ekran bo‘lib, u mustahkamlangan Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan. Telefonning old tomonida, 50 megapikselli kamera bilan birga, qoʻshimcha maxsus yoritkich ham mavjud.

@HTC
@HTC

Telefonning orqa tomonida uchta kamera o‘rnatilgan:

- asosiy 50 megapikselli kamera,
- ikki marta yaqinlashtirish imkoniyatiga ega 50 megapikselli kamera
- va keng burchakli 8 megapikselli kamera.

Telefonning batareyasi 4600 mAh quvvatga ega, u 60 Vt tezlikda sim orqali va 15 Vt tezlikda simsiz zaryadlanishi mumkin. Bundan tashqari, telefon 5 Vt quvvat bilan boshqa qurilmalarni ham zaryadlay oladi.

Telefon Android 14 operatsion tizimida ishlaydi.

Yana boshqa xususiyatlari orasida standart quloqchin uchun rozetka, NFC chipi, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 adapterlari, ekranning ostidagi barmoq izlari skaneri mavjud. Smartfonning qalinligi — 8,98 mm, og'irligi — 198,7 gramm.

@HTC
@HTC

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08