Google oʻzining birinchi buklamafoni — Pixel Foldni taqdim qildi
Smartfon
05 may, 09:25
Pixel Fold boshqa yangiliklar bilan birga 10-may kuni Google I/O 2023 koʻrgazmasida rasman eʼlon qilinadi.

Kutilayotgan taqdimotga sanoqli kunlar qolganda Google oʻzining egiluvchan displeyli birinchi buklanadigan smartfoni Pixel Foldni taqdim etdi.
Kompaniya hozircha smartfon haqida batafsil maʼlumot bermagan.
Hozircha smartfonning faqat tashqi koʻrinishi koʻrsatilgan, texnik tafsilotlari esa 10-may kuni boʻlib oʻtadigan Google I/O 2023 konferensiyasida maʼlum boʻladi. Buklamafon taxminiy narxi — 1700 dollar.
Ma’lumot uchun, aynan shu kuni Pixel Fold bilan birga bir qator gadjetlar, xususan, Pixel 7a smartfoni va Pixel Buds A-series quloqchini ham eʼlon qilinadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar