Dunyoning eng yaxshi kamerali smartfon — iPhone ham, Samsung ham emas

Kamerafonning narxi 845 dollardan boshlanadi, bu esa raqobatchilarinikidan ancha arzon.

Smartfonlar reytingini tuzuvchi DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari eng yaxshi kamerali telefonlarni koʻrib chiqishdi. Bu safargi yetakchi – yanvar oyida chiqarilgan Oppo Find X7 boʻldi. Qurilma fotosuratlar va videolarni olish uchun ishonchli kamerofon deb aytilmoqda.

Oppo Find X7 smartfoni suratlarni olish borasida 156 ball va video-tasvir olish boʻyicha 156 ball — umumiy hisobda 157 ball toʻpladi. Shunday qilib, Huawei Mate 60 Pro+ bilan birga reytingda birinchi oʻrinni egalladi. Huawei P60 Pro va iPhone 15 Pro Maxʼlar esa 156 hamda 154 ball bilan undan keyingi oʻrinlarda kelgan. Google kompaniyasining eng yaxshi flagmani Pixel 8 Pro 5 talikka yakun yasagan.

Oppo Find X7 Ultra, shubhasiz, eng yaxshi mobil kameraga ega deb hisoblanadi - “uning fotosurat rejimida mutlaqo kamchiliklari yoʻq”. DxOMark mutaxassislari gadjetni suratga olishda ham, videoga olishda ham ranglarning yaxshi yetkazib berilishi, oq balansi, tabiiy xiralashgan boke effekti, tasvirlarni kattalashtirishda juda yaxshi detallar va aniq ekspozitsiyani yuqori baholashdi. Fotosuratlarga misollarni quyida koʻrish mumkin:

Huawei Mate 60 Pro+ va Oppo Find X7 Ultrani taqqoslashda, ikkinchisi, ayniqsa, tabiiy va aniq ranglar hamda barcha suratga olish sharoitlarida yuqori darajadagi detallar tufayli portret formati bilan ajralib turadi, deya xulosaga kelingan.

Eslatib oʻtamiz, OPPO Find X7 Ultra yanvar oyida chiqarilgandi. Eng yaxshi foto flagmani har biri 50 megapikselli toʻrtta sensorli va Hasselblad qoʻshimchalari bilan sifatli asosiy kameraga ega. Shuningdek, u bozorda ikkita periskop moduliga ega birinchi smartfonga aylandi.

Oppo Find X7 Ultra hozirda Xitoyning oʻzida sotuvga chiqarilgan. Narxi taxminan 985 dollargacha baholanmoqda. O‘zbekistonga hozircha kirib kelgani yo‘q.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08