Xiaomi AirPods Pro dizayniga o‘xshash, juda arzon narxdagi simli naushniklarini ishlab chiqardi

Ulagichi USB-C bilan, Narxi esa taxminan 52 000 so‘m atrofida

Xiaomi, ko‘p shov-shuv ko‘tarmay, Type-C Headphones deb atalgan simli naushniklarni taqdim etdi. Ular tashqi ko‘rinish jihatidan AirPods Pro'ga o‘xshab ketadi.  Biroq, ko‘p boshqa o‘xshash naushniklardan farqli o‘laroq, bu naushniklar qurilmalarga an'anaviy 3,5 millimetrli ulagich orqali emas, zamonaviy USB-C ulagichi orqali ulanadi.

Naushniklar 12,4 millimetr o‘lchamdagi drayverlar bilan ta'minlangan va IP54 standartiga muvofiq suv hamda chang ta'siridan himoyalangan. Ularning boshqaruv pultida mikrofon mavjud bo‘lib, shuningdek ovoz balandligini sozlash, qo‘shiqlar orasida almashtirish va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun uchta tugma joylashtirilgan.

Xiaomi Type-C Headphones qora va oq ranglarda mavjud. Ular Tayvanda 125 Tayvan dollari narxida (taxminan 52 000 so‘m) sotuvga chiqarilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08