Sony yangi va arzonroq simsiz naushniklarini - WF-C510'ni chiqardi.

Ular oldingisidan kichikroq, narxi ham arzon va chidamli.

Sony

2021-yilda Sony arzon narxli WF-C500 modeli bilan simsiz naushniklar bozoriga kirdi. Bu naushniklar kichik hajmi, foydalanish osonligi, yaxshi ovozi va $100 narxi bilan tanilgan. Hozir esa Sony shu modelning yangilanishini, WF-C510 naushniklarini taqdim etdi.

Ishlab chiqaruvchi ma'lum qilishicha, yangi WF-C510 simsiz naushniklari Sony'ning mashhur yuqori sifatli ovozini ta'minlaydi, bir marta zaryadlashda uzoq vaqt ishlaydi va yanada arzon narxda hamda kichikroq dizaynga ega. WF-C510 naushniklari ko‘k, sariq, qora va oq ranglarda mavjud bo‘lib, ularni hozirdanoq oldindan buyurtma qilish mumkin. Ushbu naushniklar 2024-yil 9-sentabridan boshlab yetkazib berilishi boshlanadi.

Naushniklar suv va terlashga chidamli (IPX4 sertifikati bor). Yangi zaryadlovchi qutisi oldingisidan kichikroq va ingichka. Naushniklar bir marta zaryadlash bilan 11 soat ishlay oladi va zaryadlovchi qutisidan qo‘shimcha 11 soat quvvat olish imkoniyatiga ega.

Sony yangi WF-C510 naushniklari uchun oldingi versiyadan ko‘ra arzon narx belgiladi. Oldingi WF-C500 modeli $89,99 bo'lgan bo‘lsa, yangi WF-C510 faqat $59,99. Bu oldingisidan $30 arzonroq. Ushbu naushniklar Bluetooth orqali bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulanishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08