Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Sertifikat ma'lumotlariga ko‘ra, WH-1000XM6 2.4GHz Bluetooth, tez quvvatlash va Bluetooth 5.3 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa past kechikish va yuqori tarmoqli imkoniyatlarini ta'minlaydi. Shuningdek, u lossless audio uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Uchta asosiy rang variantida ishga tushirilishi kutilmoqda: BM (qora), LM (platinum-kumush) va SM (yarim tungi ko‘k).

Yangi model avvalgisiga nisbatan yaxshilangan shovqinni kamaytirish, batareya quvvati va audio sifatini takomillashtirishi kutilmoqda.

Sony WH-1000XM6 ning rasmiy taqdimoti va narxi haqidagi tafsilotlar yaqin orada e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar