O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalar uchun radarlar o‘rnatiladi.
Lifestyle
26 aprel, 16:11
Avvaliga ular test rejimida ishlaydi.
O‘zbekistonda piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni qayd etish uchun radarlar o‘rnatiladi, deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.
Radarlar maktablar yaqinida, to‘rt va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llari yaqinidagi piyodalar o‘tish joylari, temir yo‘l o‘tish joylari hamda baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladigan joylarga o‘rnatiladi.
Talablarga ko‘ra, radarlar yo‘ldan olti metr balandlikda metall konstruktsiyalarga o‘rnatilishi kerak. Shuningdek, yonida 360 daraja ko‘rish burchagi bo‘lgan kameralar o‘rnatiladi.
Mos radarlar o‘rnatilgandan so‘ng, ular 10 kun davomida sinov rejimida ishlaydi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar