Dubaydan Hindistongacha 2 000 kilometrlik suv osti poyezdi qurilmoqda

Bu salkam aqlbovar qilmas reja, lekin mamlakat uni amalga oshirishi uchun deyarli tayyorligi aytilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Dubayni Hindistonning Mumbay shahri bilan bogʻlaydigan suv osti poyezdi ustida ishlamoqda.

2 000 kilometrlik sayohat Dubay va Mumbayni tariflab boʻlmas ajoyib tarzda bogʻlashi kutilmoqda. Bu temir yoʻldan nafaqat odamlarni, balki yuk va tovarlarni, jumladan, suv va neftni tashish uchun ham foydalaniladi. Albatta, suvni tashish uchun suv osti poyezdini qurish qaysidir maʼnoda kulgili eshitilishi aniq.

Dubaydan Mumbaygacha boʻlgan suv osti poyezdi loyihasi birinchi marta 2018-yilda tilga olingan, ammo oʻsha paytda bu quruq suhbatdan boshqa narsa emas edi.

Birlashgan Arab Amirliklari Milliy konsultativ byurosi hozirda temir yoʻlning haqiqiy loyihasi va kerakli poyezd turi ustida ishlamoqda.

BAA va Hindiston yaxshi va yaqin munosabatlarga ega, ammo Dubayning suv osti poyezdini qurishda boshqa bir sababi ham bor:

Bir necha yillar davomida BAA Yaqin Sharqdagi texnologiya, qurilish va infratuzilmaning yagona markazi edi.

Ammo Saudiya Arabistoni cheksiz naqd pul orqali moliyalashtirayotgan eng zoʻr loyihalari BAAning hukmronligiga soya solayotgani koʻrinib qoldi.

Eng katta va, ehtimol, eng koʻp muhokama qilinadigan loyiha — bu gorizontal ravishda choʻzilgan va choʻlni dengiz bilan bogʻlaydigan metropoliya — LINE deb ataladigan loyiha hisoblanadi.

Bu ulkan va qimmat reja boʻlib, butun loyiha 1 trillion dollarga baholanadi.

Faqatgina LINEʼning asosi 500 milliard dollarga tushishi hisoblab chiqilgan.

Qurilish davom etmoqda va Saudiya Arabistoni LINEʼni oʻn yil ichida ochishni rejalashtirmoqda.

Bu, hech boʻlmaganda, BAA nima uchun suv osti poyezdida ish boshlashni xohlayotganini qisman tushuntirishi mumkin. Chunki Dubay texnologik shahar sifatida birinchiligini berib qoʻyishi kerak emasda.

Suv osti poyezdlari birinchi marta qilinayotgan loyiha emas: Buyuk Britaniyani Fransiya bilan bogʻlaydigan Kanal Tunneli, ehtimol, dunyodagi eng mashhur suv osti temir yoʻl tunnelidir.

Biroq, Dubay-Mumbay yoʻnalishi boshqacha boʻlishi aytilmoqda: bunda oynavand devorlar orqali goʻzal okean manzaralarini tomosha qilib ketish mumkin boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08