“Wednesday” seriali ikkinchi fasli ba’zi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Ayni paytda “Wednesday” serialining ikkinchi fasli ham olinishi rasman tasdiqlanganidan so‘ng syujet va aktyorlar borasida koʻplab savollar boʻlishi aniq. Demak, “Wednesday” yangi fasli haqida baʼzi tafsilotlarni ochiqlaymiz.

Netflix seriali 2022-yil noyabr oyida birinchi marta namoyish etilganda katta muvaffaqiyatga erishdi. Nihoyat, 2023-yil yanvar oyida “Wednesday” 2-mavsumi ham taqdim etilishi rasman tasdiqlandi.

Yangi fasl voqealari koʻproq Addams oilasi va uning atrofidagi voqealarni koʻproq ochib beradi. Siz yangi faslda Addamslar haqida yanada keng tasavvur va taassurotga ega boʻlasiz. Film rejissyorlarining maʼlum qilishicha, rostdan ham 1-faslda Addamslar oilasining “aysberglari uchi” koʻrsatilgan edi xolos, hali dengiz ostida nimalar borligi tomoshabinlarga endi namoyish qilinadi.

Aytaylik, “Wednesday”dagi ota Addams — Gomes Addams roli tafsilotlarga boy boʻladi.

Albatta, bosh qahramon — aktrisa Jenna Ortega ijrosidagi Wednesday ikkinchi faslda ham ishtirok etadi. Hozircha buni rad etuvchi maʼlumotlar yoʻq. Biroq aktrisaning oʻzi “Qichqiriq” (film haqida kichik revyuni bu yerda oʻqishingiz mumkin) va qonli X kabi qoʻrqinchli oʻtkir syujetli filmlar hamda “Wednesday”dagi roli uchun eʼtirof etilib “Oltin Globus” nominatsiyasidagi ishtiroki paytida yangi fasl ssenariysini hozircha koʻrmaganini aytdi. 

Maxluq Haydga aylanadigan Taylerga kelsak, esingizda boʻlsa kerak uni ushlab mashinada olib ketishayotganida yana maxluqqa aylana boshlagan va shu bilan davomini bilmay qolgan edik. Ikkinchi faslda Tayler albatta, maxluqqa aylanadi va oʻzining ijrosini davom ettiradi. Biroq yangi fasl oʻsmirlarcha muhabbat syujetlaridan biroz yiroqlashadi va Wednesday ham endi tobora jangovar obraz koʻrinishini oladi. Ikkinchi fasl yanada koʻproq ekshn, urush va qiziqarli lavhalarga boy boʻladi.

Demak, millionlab muxlislarni oʻziga jalb qilgan “Wednesday” serialining navbatdagi faslini kutib qolamiz, eng qiziqarli yangiliklarni esa bizda bilib borishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08