Yoshlar uchun moʻljallangan Facebook qariyalar tarmogʻiga aylanib bormoqda

Facebook — ijtimoiy tarmogʻi avval boshidan yoshlarni birlashtirish, muloqot va maʼlumotlar oqimini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan. U uzoq yillar davomida koʻplab ijtimoiy tarmoqlarning “boshiga yetgan” va hozirgacha eng koʻp auditoriyaga ega hisoblanadi.

Ayni paytda oʻsib kattalashib kelayotgan TikTok tobora yosh auditoriyani “yutib yubormoqda”. Ammo AQSh va Xitoy oʻrtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda hukumat nazorati kuchayib borayotgani sababli, Facebook oʻzini mahalliy “mahsulot” sifatida koʻrsatishi mumkin.

Lekin bu oson boʻlmaydi. Manxettenda yashovchi va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida ishlaydigan 24 yoshli Uolsh, Facebook haqida: “Oxirgi marta qachon kirganimni ham eslay olmayman. Bu yillar oldin boʻlgan boʻlsa kerak”, dedi. Buning oʻrniga u har kuni besh-olti marta Metaga tegishli boʻlgan boshqa ijtimoiy tarmoq — Instagramga kiradi. Keyin, albatta, TikTokda har kuni taxminan bir soat vaqt oʻtkazadi.

Va Uolsh 6-sinfda oʻqib yurganida qoʻshilgan Facebook bugunga kelib yana hayotining ajralmas qismiga aylanishini tasavvur qila olmaydi:

“Bu brending, shunday emasmi? Men Facebook haqida oʻylaganimda, tasavvurimga, farzandlarining rasmlarini joylashtirayotgan ota-onalar, tasodifiy yangilanishlar va siyosiy muammolar ustida bahslashayotgan odamlar keladi,“ dedi Uolsh. Uning fikricha “Z avlodi” uchun bunday narsalar muhim emas.

iPhoneʼgacha paydo boʻlgan ijtimoiy media platformasi yaqinda oʻzining 20 yilligini nishonlaydi. Mark Sukerberg 2004-yilda Garvarddagi yotoqxonasidan thefacebook.com saytini ishga tushirgan edi.

Bugun

Facebook bugun gʻalati muammoga duch kelmoqda. Bir oyda tarmoqqa 3 milliard odam kiradi. Bu dunyo aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻi degani. Har kuni 2 milliard odam Facebookʼka kiradi. Shunday boʻlsada, Metaning yirik loyihasi dolzarbligi va kelajagi uchun kurashmoqda.

Aytaylik, maktab oʻquvchilari boʻlgan oʻspirinlar va bolalar uchun Facebook mutlaqo qiziq emas. Ushbu qatlamning oʻrni email pochtaga oʻxshab qolgan.

Facebookʼni ilk kunlaridanoq kuzatib kelayotgan Insider Intelligence tahlilchisi Debra Aho Uilyamson saytning yoshroq foydalanuvchilar bazasi kamayib borayotganini taʼkidlaydi, biroq Facebook hali beri sinadigan loyiha emasligini aytgan.

Facebook foydalanuvchilarning demografiyasini oshkor qilishdan bosh tortib kelmoqda. Tashqi tadqiqotchilar yoshlarning soni kamayib borayotganini aytishmoqda.

Insider nashrining hisob-kitoblariga koʻra, bu yil TikTok foydalanuvchilarining qariyb yarmi 12 yoshdan 24 yoshgacha boʻlganlardir. 2023-yilda tadqiqotchilar Facebook foydalanuvchilarining qariyb 28 foizini 18 yoshdan 34 yoshgacha boʻlganlar tashkil qilishini kutmoqda, TikTokda bu koʻrsatkich qariyb 46 foiz va Instagramda 42 foizni tashkil qiladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08