Twitter’da o‘chirilgan xabarlarni avtomatik tiklaydigan xatolik aniqlandi

Borgan sari obroʻsi tushib ketayotgan Twitter navbatdagi qiyin vaziyatga duch keldi: maʼlum boʻlishicha, tarmoqdagi xatolik oʻchirilgan tvitlarni qaytadan tiklamoqda.

Bir nechta Twitter foydalanuvchilari oʻchirilgan tvitlar saytda hayratlanarli darajada tez tiklanayotgani haqida xabar berishgan. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassis ZDNET manbasiga koʻra, ijtimoiy media ilovasi 34 000 ta xabarni qayta tiklagani keltirib oʻtilgan. Xato oʻchirilgan retvitlarni ham tiklagan.

Muammo keng tarqalgan, ammo barcha maʼlumotlar kulgili, deydi Engadget nashri. Bu, asosan, Redact yoki TweetDelete kabi uchinchi tomon xizmati orqali tvitlarni koʻplab ravishda oʻchirib tashlaganlarga taʼsir qiladi, lekin har doim ham emas. Har qanday holatda ham, oʻzingiz oʻchirgan tvitlarni rostdan ham oʻchganmi-yoʻqmi qaytadan tekshirib koʻring.

Koʻpchilik uchun bu arzimas masala, ammo Twitter media giganti foydalanuvchi shaxsiy maʼlumotlari qanday boshqarishi va himoya qilishi haqida koʻp gapirib keladi, zero bunga masʼul hamdir. Twitter saytining ishonchliligi boʻyicha sobiq muhandis Mastodonʼda “ular bir nechta serverlarni maʼlumotlar markazlari oʻrtasida koʻchirishgan va ularni tarmoqqa qayta ulashdan oldin topologiyani toʻgʻri sozlamaganga oʻxshaydi”, deb aytgandi.

Rasmiy ravishda hech narsani bilishning iloji yoʻq, chunki Ilon Mask taniqli xorij nashrlarining murojaat mazmunidagi tvitlari ostiga avtomatik ravishda smayliklar yuboradigan botlarni ishga tushirgan. Lekin kompaniya mazkur holat boʻyicha biron bir bayonot chiqarsa, albatta, yangilik haqida ishonchli manbalarga asoslangan xabarni Giglink.uz nashrida oʻqib borishingiz mumkin boʻladi.

Shuni taʼkidlash kerakki, Twitter soʻnggi bir necha oylarda keskin orqaga yurishlarga duchor boʻlmoqda. 

Shunday bir paytda Meta kompaniyasini (Facebook va Instagram) Twitterʼga yangi raqobatchi tarmoq ustida ishlayotgani maʼlum boʻldi. Voqealar rivojini esa kuzatib boramiz: Twitter bu vaziyatdan chiqib keta oladimi yoki oʻz oʻrnini analog tarmoqlarga boʻshatib beradimi…

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08