TikTok Tako nomli sunʼiy intellektli chatbotni sinovdan oʻtkazmoqda

Bu xususiyat ilovada “qidiruv va navigatsiyani keskin oʻzgartirishi” mumkin.

Tako chatboti soʻrovga asoslanib videolarni tavsiya etishi mumkin, xabar bermoqda The Verge.

Watchful Technologies firmasi mutaxassisi Deniel Buchuk taqdim etgan skrinshotlarga koʻra, Tako videoning oʻng tomonidagi TikTok profil belgisi ustiga joylanadi. Unga bosish orqali chat ekranini ochiladi, u yerda keng koʻlamli savollarga javob berishga qodir bot paydo boʻladi. TikTok Takoʻni takomillashtirish uchun qaysi sunʼiy intellekt modelidan foydalanayotgani nomaʼlum.

Tako foydalanuvchiga bot bilan suhbatni boshlashga yordam berish uchun tavsiya etilgan maslahatlarni koʻrsatadi. Buchukning soʻzlariga koʻra, “Agar men taom haqida videoni tomosha qilsam va retsept soʻrasam, bot retsepti boʻlgan shunga oʻxshash TikTok videolarini tavsiya roʻyxati koʻrinishida koʻrsatadi.“

TikTok matbuot kotibi Zachari Kizer chatbotni “cheklangan tajriba” deb atadi va The Verge nashriga u hozircha Shimoliy Amerika yoki Yevropadagi foydalanuvchilar uchun mavjud emasligini, test variant faqatgina Filippinda oʻtkazilayotganini aytdi.

Shuningdek, aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, TikTok yaqinda Tako deb nomlangan “chatbot dasturiy taʼminoti” tovar belgisi uchun ariza topshirgan.

Ma’lumot uchun, TikTok ijtimoiy tarmog‘i ayni paytda O‘zbekistonda bloklangan, shuningdek, dunyo bo‘ylab hukumatlar miqyosida taqiqqa uchramoqda. Bu haqida batafsil mazkur maqolada o‘qishingiz mumkin: “Zararidan foydasi ko‘p”: tirikchiliklari haqida qayg‘urgan kichik biznes egalari TikTokʼning taqiqlanishiga qarshi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08