TikTok Shop: yana bir ijtimoiy tarmoq doʻkoni qanchalik xavfsiz?

Tarmoq foydalanuvchilari For You boʻlimida TikTok doʻkonidan xarid qilish mumkin boʻlgan mahsulotlar reklamalari tez-tez ko‘rinayotganini payqashdi.

TikTok Shop nima va undan foydalanish xavfsizmi?

TikTok Shop — bu ilova ichidagi xarid qilish platformasi boʻlib, foydalanuvchilar videolarda koʻrgan mahsulotlarini bevosita ilova ichidan sotib olishlari mumkin. Ammo TikTokʼning doʻkoni Instagram kabi ilovalarnikidan sezilarli darajada farq qilishi aytilmoqda.

Yaʼni, odatda Instagram Shopʼda biror narsa xarid qilmoqchi boʻlganda mahsulotni biror saytga yoʻnaltirilgan holda sotib olinsa, TikTok'da foydalanuvchi ilovadan chiqib ketmay xaridni amalga oshiradi.

TikTok doʻkonidan foydalanish

TikTok doʻkonini “For you” boʻlining yuqori qismidagi “Shop” belgisini bosish orqali koʻrish mumkin.

Biroq, hozircha TikTok Shop barcha hududlarda mavjud emas, shuning uchun baʼzi foydalanuvchilar oʻz profilida bu yangilikni koʻrmasligi mumkin.

TikTok doʻkonida xarid qilish qanday xavf-xatarlarga ega?

TikTok Shop — bu tranzaksiya platformasi. Aytaylik, xalqaro Depop yoki Etsy saytlarida xarid qilishga oʻxshaydi. Yaʼni TikTok foydalanuvchi oʻz tovarlarini tarmoq orqali sotuvga qoʻyadi.

Shu sababli, oʻziga xos xavflar mavjud. TikTok uchun ilovadagi har bir sotuvchini kuzatib borish qiyin. Bunda xaridor sifatsiz buyumni olishi, sotib olgan narsasining yetib kelmasligi, mahsulotni umuman olmaslik yoki uzoq yetkazib berish muddati kabi muammolarga duch kelishi mumkin.

Ikkinchi xavf — bu TikTok doʻkonidagi sotuvchiga shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etish bilan bogʻliq. TikTok oʻz veb-saytida xavfsiz toʻlov jarayonidan foydalanishini aytmoqda. Ammo bu borada batafsil maʼlumot berilmagan.

TikTok doʻkoni xavfsizmi?

TikTok doʻkonidan narsalarni sotib olish xavfsizligi, albatta, sotuvchiga bogʻliq.

Agar siz TikTokʼda biror narsa sotib olishni istasangiz, avvalambor, sotuvchining profilini TikTok va boshqa tarmoqlardan izlang. Postlari mazmuni va ostidagi izohlariga koʻz yugurtirib chiqing. Sotuvchi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz mahsulotlari haqida kontent joylagan boʻlsa-ku nur ustiga nur.

TikTok Shopʼda mahsulot sharhlarini ham koʻrish mumkin. Sharhlarni oʻqib qanchalik xolisligiga baho bering.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08