Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi

Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘zida kompaniya 10 millionga yaqin soxta yoki taqlidchi profilni o‘chirib tashlagan. Shuningdek, spam tarqatgan va soxta faoliyat bilan shug‘ullangan 500 mingdan ortiq akkauntga qarshi choralar ko‘rilgan — ularning kommentlari tushirib yuborilgan, kontent tarqalishi cheklangan va monetizatsiya qilish imkoniyati yopilgan.

Bu yangilik YouTube o‘zining “asl bo‘lmagan kontent” siyosatini qat’iylashtirishini e’lon qilganidan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ldi. Endi Facebook ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda.

  Kimlar jazolanadi?
 Meta ta’kidlashicha, boshqalarning kontentini qayta ishlamay, o‘zgartirmay, shunchaki qayta yuklaydigan akkauntlar jazoga tortiladi. Biroq trendlarga qo‘shilib, reaksiya videolari tayyorlaydigan yoki o‘z fikrini qo‘shib ijod qiladigan foydalanuvchilar bunday cheklovlardan xoli.  

Jazo qanday bo‘ladi? – Monetizatsiya dasturlaridan vaqtinchalik chetlatish – Postlarning tarqalishini kamaytirish – Nusxa videolarga original manbaga yo‘naltiruvchi havola qo‘shish

Meta, shuningdek, ijodkorlarga maslahat sifatida “autentik hikoya qilishga” e’tibor qaratishni, qisqa-qisqa parchalarni birlashtirib qo‘yish yoki faqat suv belgisi qo‘shib chiqishni to‘xtatishni tavsiya qilmoqda. Video taglavhalari ham sifatli bo‘lishi kerak, avtomatik AI tarjimalarni tahrirsiz ishlatish mumkin emas.

Kengaytirilgan nazorat va shikoyatlar
So‘nggi paytlarda Meta avtomatik filtrlari sabab ko‘plab foydalanuvchilar asossiz bloklanganidan shikoyat qilib, 30 mingga yaqin imzo to‘plagan ariza yuborgan. Bu kichik bizneslarga ham zarar yetkazgan. Hozircha Meta bu borada ochiq izoh bermagan.

Qachon kuchga kiradi?
Yangiliklar kelgusi oylar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Kontenti tarqalmayotgan ijodkorlar Facebook Professional Dashboard orqali sababini ko‘ra olishadi. Shuningdek, kimning monetizatsiya yoki tavsiya qilish imkoniyati xavf ostida turgani Support bo‘limida ko‘rsatiladi.

Meta har chorakda o‘zining shaffoflik hisobotlarini e’lon qiladi. Oxirgi hisobotga ko‘ra, Facebook’dagi faol foydalanuvchilarning 3 foizi soxta akkauntlar bo‘lib, yanvar–mart oylarida 1 milliardga yaqin soxta akkauntga chora ko‘rilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08