Ilon Mask Twitter Inc. kompaniyasi tugatilganini rasman e’lon qildi

Twitter ijtimoiy tarmogʻiga egalik qiluvchi Twitter korporatsiyasi X Corp bilan birlashgandan soʻng mustaqil kompaniya sifatida amalda oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Bu haqda Florida okrug sudi dushanba kuni eʼlon qilingan qarorida maʼlum qilindi.

“Fuqarolik protsessual qoidalarining 7.1 (a) (1) boʻlimiga muvofiq, sudlanuvchi X Corp.ning quyida imzo qoʻygan advokati, sudlanuvchi Twitter, Inc.ning vorisi sifatida, Twitter, Inc. X Corp. bilan birlashtirilganligini eʼlon qiladi va u (alohida yuridik shaxs sifatida) endi mavjud emas” , — bayon qilingan hujjatda. 

Taʼkidlanishicha, kompaniyalarning haqiqiy qoʻshilishi 4-aprel kuni boʻlib oʻtgan. Bundan tashqari, korporatsiya hozirda Twitterʼning bosh ofisi doimgi Delaver shtatida emas, balki Nevada shtatida joylashgan.

Twitter Inc. so‘nggi voqealariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:

  • 2022-yil 27-oktyabr kuni Mask xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Twitterʼni sotib olish boʻyicha 44 milliard dollarlik shartnomani yakunladi.
  • 6-noyabr kuni Mask Twitter Blueʼga obuna boʻlishi doirasida pulli hisob tekshiruvini joriy etish niyatida ekanligini maʼlum qildi.
  • 10-noyabr kuni obuna sotuvi soxta akkauntlar sonining koʻpayishi tufayli toʻxtatildi, ammo dekabr oyida Twitter Blue sotuvi faqatgina AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchun qayta tiklandi.

Oldinroq Giglink.uz Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘i logotipini o‘zgartirgan va bu Doge kriptovalyuta qiymatiga ta’sir qilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08