Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.

Bu yangilik katta ekranli smartfon ishlatadiganlar uchun brauzerda yurishni ancha qulaylashtiradi.
Google kompaniyasining vakili Nik Kim Sekston blogida shunday deydi:
“Qolingiz va qurilmangiz o‘lchamiga qarab, manzil panelining joylashuvi siz uchun turlicha qulay bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz bu yangilanishni foydalanuvchiga o‘ziga eng mos joyni tanlash imkonini berish uchun ishlab chiqdik — endi siz o‘z xohishingizga ko‘ra qulayroq tarzda internetda sayr qilishingiz mumkin.”
Qanday qilib manzil panelini pastga ko‘chirish mumkin?
- Manzil panelining o‘zini barmoq bilan bosib turing.
- Chiqqan menyudan “Pastga ko‘chirish” (Move to bottom) funksiyasini tanlang.
- Xohlovchilar bu sozlamani Chrome’ning Sozlamalar (Settings) menyusidan ham o‘zgartirishi mumkin.
.Bu oddiy, ammo foydali o‘zgarish ko‘plab foydalanuvchilar uchun katta qulaylik yaratadi, ayniqsa bir qo‘lda ishlashga odatlanganlar uchun.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar