Bugun Telegram 10 yoshga toʻldi

Pavel Durov Telegram yubileyi munosabati bilan oʻz fikrlarini boʻlishdi.

Atigi 10 yil ichida messenjer 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega boʻlganini va bularning barchasi “faqat ogʻzaki soʻz”, hech qanday kuchli marketing va reklama strategiyalarisiz erishilganini taʼkidladi.

Durovning aytishicha, yillar davomida koʻplab yangilanishlar va yaxshilanishlar tufayli Telegram zamonaviy xabar almashish qanday boʻlishi kerakligi haqidagi gʻoyani oʻzgartirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Telegram uchun navbatdagi qadam messenjerdan tashqariga chiqish va umuman ijtimoiy media bozorida innovatsiyalarga yetakchilik qilishdir:

“Bugun barcha foydalanuvchilarga Storiesʼning bosqichma-bosqich taqdim etilishi Telegram tarixidagi ushbu yangi etapning boshlanishini anglatadi. Oʻtgan oʻn yil qiziqarli boʻlgan boʻlsa-da, keyingi 10 yil Telegram oʻzining haqiqiy imkoniyatlarini ochib beradigan vaqt boʻladi”.

Quyida esa Telegramʼning shu kungacha erishgan barcha yutuqlaridan qisqacha:

– 2013-yil 22-avgustda Telegramning ilk Android versiyasi chiqdi;

– 2013-yil 31-oktyabrda messenjerning telegram.org sayti paydo boʻldi, ungacha bu sayt 2003-yilda roʻyxatdan oʻtganidan beri boshqa maqsadlarda foydalanilgan edi;

– 2013-yil noyabr oyida Telegram million marta oʻrnatildi;

– 17-dekabr kuni Pavel Durov Telegramʼdagi yozishmalarni toʻliq rasshifrovkasi uchun (yozishmalarni oʻqiy olish, ularga buzib kirish) 200 ming dollar vaʼda qilgan edi. Oradan bir hafta oʻtmay, 22-dekabr kuni Xabrʼda x7mz tomonidan oʻtkazilgan messenjerning xavfsizlik boʻyicha tadqiqoti paydo boʻldi. Durov aniqlangan xato uchun 100 ming dollar toʻlashga vaʼda berdi;

– 2014-yil 1-yanvarda loyihaning norasmiy veb-versiyasi — Webogram chiqdi;

– 2014-yil iyun oyida katta Telegram HD ekranli iOS qurilmalari uchun versiyasi chiqarildi;

- 2014 yil noyabr oyida taxalluslarni (username) qoʻllab-quvvatlash paydo boʻldi;

– stikerlar 2015-yil yanvar oyida paydo boʻlgan;

– 2015-yil iyun oyida Telegram botlarni yaratish platformasini ochdi;

– 2015-yil sentyabr oyida messenjerda ommaviy kanallar paydo boʻldi;

– 2015-yil noyabr oyida guruh chatlari hajmi 200 dan 1000 kishigacha oshdi;

– 2016-yil may oyida xabarlarni tahrirlash imkoniyati paydo boʻldi;

– 2016-yil noyabr oyida Telegra.ph ishga tushirildi (uzoq nashrlarni yaratish va ularga fotosuratlar va barcha turdagi embedded-kodlarni kiritish imkonini beruvchi bepul nashr qilish vositasi);

– 2017-yil yanvar oyida xabarlarni oʻchirish imkoniyati paydo boʻldi;

– 2017-yil may oyida ish stoli versiyasida ovozli qoʻngʻiroqlar paydo boʻldi;

– 2017-yil oktyabr oyida iOS va Android uchun Telegramʼning rus tilidagi versiyasi paydo boʻldi;

– 2017-yilning noyabrida Telegram kanali birinchi marta qaroqchilik tufayli bloklandi;

- 2019-yil mart oyida yuborilgan muddatidan qatʼi nazar, shaxsiy va suhbatdoshdan xabarlarni oʻchirish imkoniyati paydo boʻldi;

– animatsion stikerlar 2019-yil iyun oyida paydo boʻlgan;

– 2019-yil avgust oyida Telegram oʻzini HTTPS sifatida yashirishni oʻrgandi;

– 2020-yil 14-fevralda Telegramda tanishish uchun ochiq profil funksiyasi joriy etildi;

– 2020-yil mart oyida chatlarni papkalar va mahalliy kanal statistikasi boʻyicha saralash imkoniyati paydo boʻldi;

– 2021-yil noyabr oyida Telegramʼda rasmiy platforma orqali joylashtirilgan birinchi uchinchi tomon reklamasi paydo boʻldi;

– 2022-yil iyun oyida Telegramʼda Telegram Premium obunasi mavjud boʻldi;

– 2023-yil iyul oyida Telegramʼda Hikoyalar paydo boʻldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08