Sony shousi — PlayStation Showcase taqdimotidan asosiy oʻyinlar va mahsulotlar:
Geyming
25 may, 16:23
25-may kuni bo‘lib o‘tgan PlayStation Showcase taqdimotida namoyish etilgan barcha yangiliklar ro‘yxati.

Taqdimotda o‘yin sanoati giganti ko‘plab va’da qilingan yangiliklarni namoyish qildi. Ular qatorida, oldinroq xabar berilgan Sony Q — PS5 choʻntak kompyuteri ham bor. 8 dyuymli ekranga ega, PlayStation 5 ni WiFi orqali masofadan oʻynash uchun moʻljallangan Sony “Project Q” portativ qurilmasi shu yil oxirida sotuvga chiqariladi. Qolgan yangiliklar 10 dan ortiq qiziqarli va yuqori reytingga ega o‘yinlarga oid:
- Talonchilik haqidagi FairGames multiplayer oʻyini;
- Helldivers II kooperativ arkadasining davomi;
- Ghostrunner 2 da yuqori tezlikdagi kiberpank;

- Sharqona steampunk-settingʻda souls-like Phantom Blade Zero;
- Journey ijodkorlaridan yangi meditatsion sarguzasht — Sword of the Sea;
- The Talos Principle 2 boshqotirmasining yangi qismi;
- GRIS yaratuvchilardan zamonaviy va sentimental Neva loyihasi;
- Square Enixʼdan Splatoon analogi — Foamstars;
- Mushukvoy fantastik sarguzashtlarining navbatdagi qismi — Cat Quest: Pirates of the Purribean;
- “The Plucky Squire” qahramonlarining sarguzashtlari;

- 22-iyun kuni chiqadigan Final Fantasy XVI;
- Alan Wake 2 — 17-oktyabrda chiqadi;
- Assassinʼs Creed Mirage yana qoldirildi, u 12-oktyabrda chiqariladi;
- Street Fighter 6 syujet rejimi uchun yana bir treyler;
- Ultros psixik platformasi;
- Dragonʼs Dogma 2 ning birinchi oʻyini;
- Marafon (Bungie);
- PlayStation Q portativ qurilmasi va TWS minigarnituralari;
- Resident Evil 4 uchun VR-rejimi va PSVR2 uchun yana bir nechta oʻyinlar;
- Concord kosmik multiplayer oʻyinining tizeri.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar