Oʻzbekistonda kibersportchilar uchun sovrin jamgʻarmasi 332 mln soʻm boʻlgan tanlov start olmoqda
Geyming
04 aprel, 08:52
Kibersport boʻyicha Uzbekistan Esports Championship turniriga arizalar qabul qilish boshlandi.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil etadi. Unda 16 yoshga to‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin (Cybergame.uz).
Turnir Cybergame.uz platformasida CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFutbol kabi sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Musaboqa quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- har bir hududda tuman (shahar) onlayn kvalifikatsiyalari;
- yarimfinal kompyuter klubida oflayn formatda;
- Toshkentda o‘tkaziladigan oflayn formatdagi final.
Unda 16 yoshga to‘lgan va OneID tizimi orqali Cybergame.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan hamda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘yinchilar ishtirok etishi mumkin.
Turnirga ro‘yxatga olish 3-apreldan 10-aprelgacha davom etadi.
Saralashning keyingi bosqichlari haqida batafsil ma’lumot keyinroq berilishi qayd etilgan.
Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar