Hayratlanarli statistika: butun dunyoda geymerlar soni qancha?
Geyming
13 aprel, 07:25
DFC Intelligence analitik kompaniyasi mutaxassislari Yerdagi jami oʻyin ishqibozlarining sonini hisoblab chiqishdi. Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilga kelib video oʻyinlar auditoriyasi 3,7 milliard kishiga yetgan! Bu dunyo aholisining deyarli yarmiga teng (jami aholi 8 milliarddan ortiq).

Qayd etish joizki, taxminiy 3,7 milliard geymerlar — bu smartfon, konsol, kompyuter kabi istalgan qurilmada oʻyin oʻynaydigan odamlar degani. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu odamlarning atigi 10 foizini ashaddiy oʻyinchilar yaʼni vaqtining katta qismini ushbu faoliyatga bagʻishlaydiganlar hisoblanadi.
Dunyo aholisining deyarli yarmini geymerlar deb atash mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, bor-yoʻgʻi 300 millionta “haqiqiy” geymerlar bor. Bunda mobil oʻyinlari butun dunyoda eng keng tarqalgan oʻyin turidir. Kompyuterlar va konsollarda oʻynaydiganlarning asosiy qismi Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerikada yashaydi.
Kelgusida geymerlar soni faqatgina oʻsishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar