Geymerlar uchun Toshiba 100 dyuymli 4K televizori
Geyming
04 aprel, 14:47
Toshiba Z870 MiniLED 4K 144 Gts li displeyga ega. Bir soʻz bilan aytganda, “yotib olib” oʻyin oʻynash uchun” kerakli barcha funksiyalarga ega. Ammo texnika narxi biroz “chaqadi”.

Xitoyning Toshiba televizori MiniLED yoritgichlari bilan jihozlangan va Gizmochina maʼlumotlariga koʻra, 100 dyuymli ekran 4K tasvir, 144 Gts yangilanish tezligiga va 1400 nit yorqinlikka ega.
Televizorda bir nechta oʻyin instrumentlari, jumladan, ALLM avtomatik kirish rejimi, AMD FreeSync adaptiv kadrlarni sinxronlash texnologiyasi va VRR oʻzgaruvchan yangilanish tezligini taʼminlovchi Game Mode Pro kabilar bilan takomillashtirilgan.
HDMI 2.1, HDMI 2.0 va USB 2.0 ulanishlari ham bor.
Narxi qancha?
Qurilma allaqachon Xitoyda 34 999 yuan (~58 mln so‘m) narxda sotilmoqda. Mish-mishlarga koʻra, global sotuv yoz oylarida boshlanadi. Hozircha siz Toshiba televizorlarining byudjetli boshqa variantlarini koʻrib turishingiz mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar