Counter Strike oʻyinida AK-47 uchun qoplama 400 000 dollarga sotildi

Counter Strike: Global Offensive oʻyinida dunyodagi eng qimmat qurol qoplamasi 400 000 dollarga sotildi. Katowice 2014 turniridagi toʻrtta Titan gologramma tasvirlari bilan mashhur Case Hardened AK-47 qoplamasi oʻyinda o‘ziga xos avtoritet tuyg‘usini beradi xolos.

Counter-Strike 2 yaqinlashar ekan, CS:GO qoplamalar bozori jadal rivojlanmoqda, investorlar va kolleksionerlar eng kamyob va qimmatbaho buyumlar uchun istalgan summani toʻlashga doimo tayyor.

Mart oyida xitoylik kolleksioner AK-47 Wild Lotus qoplamasi uchun 160 000 dollar toʻlagani qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgandi. Biroq, AK-47 uchun Case Hardened terisi avvalgi rekordni ikki baravar oshirdi.

160 ming dollarlik qoplama bilan bezatilgan AK-47
160 ming dollarlik qoplama bilan bezatilgan AK-47

Qoplama avvalgi egasi tomonidan 2022-yilning noyabrida sotuvga qoʻyilgan, xaridor topishga esa yarim yilcha vaqt ketgan.

Savdoga CS:GO treyderi va strimyor zipeL vositachilik qildi. Xaridorlar, shuningdek, taxminan 100 000 dollarlik Karambit Case Hardened Blue Gem pichogʻini sotib olgan.

Karambit Case Hardened Blue Gem pichogʻi
Karambit Case Hardened Blue Gem pichogʻi

Maʼlumot uchun, Counter Strike 2 oʻyini mazkur yil yozida to‘liq formatda chiqariladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08