Mortal Kombat haqiqiy qahramonlari 30 yil deganda uchrashishdi
Geyming
05 aprel, 15:10
Oradan 30 yil oʻtib retrogeymingga bagʻishlangan Midwest Gaming Classic tadbirida Mortal Kombatning birinchi qismlarini yaratishda ishtirok etgan aktyorlar yana uchrashdilar. O‘yinning real qahramonlari — Kitana, Baraka, Shang Zung, Jaks va Kung Laoning birga tushgan suratlarini ko’rishingiz mumkin.

Mazkur rasmda siz quyidagi aktyorlarni koʻrishingiz mumkin:

- Richard Divizio — Baraka;
- Filip Ann (Philip Ahn) — Shang Zung;
- Jon Perrish (Jon Parrish) — Jaks;
- Katalin Zamiar — Kitana va Milina;
- Entoni Markes — Kung Lao.
“Men bu fotosuratni 30 yil oldin olganman va bugun oʻsha kadrni yana takrorladim”, deydi Deniel Pesina (Sub-Zero, Smoke, Noob Saibot, Reptile, Scorpion va Jonni Keyj rollari bilan tanilgan).
Ayni paytda tarmoqda hozirda ishlab chiqilayotgan Mortal Kombat 12 haqidagi mish-mishlar paydo boʻlishda davom etmoqda. 2021-yilgi filmdan bosh qahramon oʻyinga ham qoʻshilishi mumkin.
Shuningdek, oldinroq Mortal Kombat haqida deyarli hech kim bilmaydigan qiziqarli maʼlumotlarni ulashgan edik.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar