Uysiz qolgan tulki surati 2023-yilning eng zo‘r yovvoyi olam tasviri deb topildi

British Wildlife Photography Awards (BWPA) 2023 gʻoliblari eʼlon qilindi. Qizil tulkining vayronaga aylangan oʻrmonidan oʻtayotgan surati bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Umumiy va shahar yovvoyi tabiati gʻolibi / © Charli Peyj

Charli Peyjning gʻolib boʻlgan suratida qizil tulkining “uy”ini oʻrnida zavod qurilgani tasvirlangan: “Men bu hududga tulkilar tez-tez borishini bilardim va tulki uy deb ataydigan mahalliy oʻrmonning vayronagarchiliklarini koʻrsatish uchun zavod fonida suratga olishni xohlardim”, deydi Peyj. “Umid qilamanki, yovvoyi tabiat fotosuratchilari kelgusi yillarda bunday manzaralarga duch kelmaydilar.“

Qushlarni himoya qilish Qirollik jamiyati (RSPB) maʼlumotlariga koʻra, Billi Evans-Freke yilning eng yaxshi yosh yovvoyi tabiat fotosuratchisi boʻldi. Uning gʻalaba qozongan suratida toʻq rangli boyoʻgʻli daraxt shoxida oʻtirgani tasvirlangan. RSPB yoshlarni ochiq havoda koʻproq jalb qilishga undash uchun mukofotni qoʻllab-quvvatlaydi.

Yilning eng yaxshi britaniyalik yosh fotografi va 15-17 yosh kategoriyasi gʻolibi / © Billi Evans-Freke
Yilning eng yaxshi britaniyalik yosh fotografi va 15-17 yosh kategoriyasi gʻolibi / © Billi Evans-Freke

“Bu yilgi tanlovda ishtirok etgan iqtidorli fotosuratchilar bizga Britaniya tabiati olamiga bir oyna ochdi”, dedi BWPA direktori Uill Nikolls. “Bu Buyuk Britaniyada hali ham saqlanib qolgan va bizning gʻamxoʻrlik va himoyamizga muhtoj boʻlgan yovvoyi joylar haqida muhim eslatmadir.“

Katta yoshli fotosuratchilar 10 ta nominatsiya boʻyicha bellashdilar: Hayvonlarning xulq-atvori, Hayvonlar portreti, Britaniya botanikasi, Qora va oq, Britaniya fasllari, Sohil va dengiz, Yashirin Britaniya, Shahar yovvoyi tabiati va “Yovvoyi oʻrmon”. Yosh fotosuratchilar uch yosh toifasida bellashdilar: 11 yoshgacha, 12-14 yosh va 15-17 yosh.

Portret nominatsiyasi

G'olib / © Lyuis Nyuman 
G'olib / © Lyuis Nyuman 
Ikkinchi o'rin / © Ed Phillips 
Ikkinchi o'rin / © Ed Phillips 

Britaniya botanikasi

Gʻolib / © Mett Dug 
Gʻolib / © Mett Dug 
Ikkinchi oʻrin / © Geraint Redford 
Ikkinchi oʻrin / © Geraint Redford 

Qora va oq

Gʻolib / © Metyu Tyorner 
Gʻolib / © Metyu Tyorner 
Ikkinchi oʻrin / © Paula Kuper 
Ikkinchi oʻrin / © Paula Kuper 

Britaniya fasllari

G'olib / © Neil McIntyre 
G'olib / © Neil McIntyre 
Ikkinchi o'rin / © Piter Bartolomey 
Ikkinchi o'rin / © Piter Bartolomey 

Sohil va dengiz

G'olib / © Henley Spiers 
G'olib / © Henley Spiers 
Ikkinchi o'rin / © Kirsty Andrews 
Ikkinchi o'rin / © Kirsty Andrews 

Yashirin Britaniya

G'olib / © Jon Uoters 
G'olib / © Jon Uoters 
Ikkinchi o'rin / © Uill Atkins 
Ikkinchi o'rin / © Uill Atkins 

Yovvoyi oʻrmon

G'olib / © Filipp Selbi 
G'olib / © Filipp Selbi 
Ikkinchi oʻrin / © Graham Niven 
Ikkinchi oʻrin / © Graham Niven 

"11 yoshgacha" kategoriyasi

G'olib / © Feliks Uoker-Nix 
G'olib / © Feliks Uoker-Nix 

"12-14 yosh" kategoriyasi

G'olib / © Wilbur King 
G'olib / © Wilbur King 

2024 yilgi tanlov uchun arizalar qabuli bwpawards.org saytida boshlandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08