Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Biznes
26 aprel, 13:57
Ukrainaning “Uklon” taksi kompaniyasi Oʻzbekistonda boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qildi. Bu haqda ish qidirish boʻyicha hh.uz saytida maʼlumot paydo boʻldi.

Uklon kompaniyasi toʻrtta boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qildi:
- Bosh hisobchi
- SMM (ijtimoiy tarmoqlar) boʻyicha mutaxassis
- Haydovchilar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
- Ofis administratori
Uklon — Ukrainadagi eng yirik taksi xizmati. Kompaniya oʻz faoliyatini 2010-yilda boshlagan. Uklon haydovchi va rayder, yetkazib berish xizmati va boshqalar oʻrtasidagi vositachi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Kompaniya ayni paytda 50-100 dollarlik foydaga ega. Ukraina Forbes nashri Uklonni eng yaxshi startaplardan biri, deb baholagan.
Ukraina taksi agregatorining hammuassisi Sergey Smusning aytishicha, kompaniya uch mamlakat bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda. Hozircha bu qaysi davlatlar ekanligi maʼlum qilinmagan. Birinchi ishga tushirish aprel oyining oxirigacha, ikkinchi davlatga esa 3-4 oylik tanaffus bilan kirib boriladi. Yil oxirigacha kompaniya hamkorlar ishtirokida uchinchi davlat bozoriga chiqadi.
Avvalroq Giglink.uz Yandex Eats xizmati Oʻzbekistonda ishga tushgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar