Statistika: Android foydalanuvchilari borgan sari iPhoneʼga oʻtib ketmoqda

Consumer Intelligence Research Partners yangi tadqiqotiga koʻra, Android foydalanuvchilarining iPhoneʼga oʻtish tezligi soʻnggi 5 yildagidan tezlashib ketgan.

Soʻnggi yillarda kuzatuvchilar iPhone oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqayotganini taʼkidlab kelishmoqda. Yaqinda Apple kompaniyasining ikkinchi chorakdagi hisobotida iPhone 51,3 milliard dollardan ortiq daromad keltirganini koʻrsatdi. Bu hayratlanarli koʻrsatkich Apple kompaniyasining mart oyidagi iPhoneʼdan olgan eng yuqori daromadini anglatadi.

Appleʼning iPhone daromadini rekord darajada ushlab turish qobiliyati bir qancha omillar, jumladan, Androidʼdan oʻtib kelayotgan foydalanuvchilar oqimi bilan bogʻliq.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, Android foydalanuvchilarining iPhoneʼga oʻtish foizi 2018-yildan beri 15 foizdan oshmagan. Qizigʻi shundaki, 2016-yilda yangi iPhone xaridlarining 21 foizi Android foydalanuvchilariga toʻgʻri kelgandi.

Soʻnggi yillarda iPhoneʼning oʻrtacha sotuv narxi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bu, asosan, Apple kompaniyasining iPhone Pro modellariga boʻlgan talabning ortishi bilan bogʻliq. Chunki Apple oʻzining ilgʻor funksiyalari va texnologiyasini faqat iPhone Pro liniyasi uchun joriy qilib kelmoqda.

Ajablanarlisi shundaki, Apple kompaniyasining iPhone Pro modellari uchun qiziqarli xususiyatlarini qoʻllash anʼanasi hali uzoq davom etadi. Yaqinlashib kelayotgan iPhone 15 Pro periskop kamerasiga ega birinchi iPhone boʻlishi mumkin. Bu xususiyat optik zoom qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

iPhone 15 yana qanday xususiyatlarga ega boʻlishi haqida Giglink.uz xabarlarida kuzatib borishingiz mumkin.

Avvalroq nega odamlar bir marta iPhone ishlatib Androidga qaytishni istamasligi sabablari ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08