SpaceX raqobatchisi boʻlgan Virgin Orbit kompaniyasi bankrotlik e’lon qildi

Virgin Orbit raketa kompaniyasi sunʼiy yoʻldoshni uchirish biznesini saqlab qolish uchun investor topa olmadi va rasman yopilganini eʼlon qildi.

Mart oyida Virgin Orbit moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida oʻz faoliyatini toʻxtatdi va barcha 750 nafar xodimini ishdan boʻshatdi. U, shuningdek, oʻz aktivlarini, jumladan, kosmosga raketa uchiruvchi modifikatsiyalangan samolyotini sotishni boshladi, ammo bu olti yillik loyihani saqlab qolish uchun yetarli emas edi.

Kaliforniya kompaniyasi tomonidan qurilgan parvoz tizimi xususiy korxonalar va hukumatlar uchun kichik sunʼiy yoʻldoshlarni orbitaga chiqarish maqsadida qanot ostiga raketa oʻrnatilgan Boeing 747 samolyotidan foydalangan.

Milliarder Richard Brensonning 6 yillik kompaniyasi bankrotlik e’lon qildi
Milliarder Richard Brensonning 6 yillik kompaniyasi bankrotlik e’lon qildi
“Virgin Orbit ushbu sayohatga otlanar ekan, rahbariyat va xodimlar barcha manfaatdor tomonlarga, jumladan, mijozlar, hamkorlar, investorlar va xodimlarga yillar davomida koʻrsatgan qoʻllab-quvvatlashlari hamda fidoyiliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradilar”, — deyiladi kompaniya bayonotida. “Ularning jamoaviy saʼy-harakatlari tufayli kompaniya sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi va AQSh hamda Buyuk Britaniyada sunʼiy yoʻldosh uchirilishining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi.“

Bir kun kelib SpaceX va Rocket Lab kabi kompaniyalar bilan raqobatlashishga umid qilgan Virgin Orbit tizimi raqobatchilarga nisbatan alohida afzalliklarni taqdim etdi — kompaniya odatiy samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagidan foydalangan holda kamchiqim infratuzilmaga ega edi. U, shuningdek, oddiy raketalarni uchirishni qiyinlashtiradigan yomon ob-havo sharoitida ham oʻz missiyalarni amalga oshirishi mumkin.

The Verge
The Verge

Ammo bozorga nisbatan sekin oʻsish va mablagʻ topishdagi qiyinchilik oxir-oqibat Virgin Orbit orzusiga nuqta qoʻydi.

Kompaniya olti yillik tarixida bor-yoʻgʻi toʻrtta muvaffaqiyatli missiyani amalga oshirdi — birinchisi 2021-yilning yanvarida va oxirgisi 2022-yilning iyulida — uning Buyuk Britaniyadagi yanvar oyida oʻtkazilgan soʻnggi missiyasi mijozlarning kerakli yuklarini yoʻqolishi bilan muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

“Virgin Orbitʼning kosmik sohadagi merosi abadiy esda qoladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida. “Uning ilgʻor texnologiyasi, mukammallikka tinimsiz intilishi va havoda uchirilish chegaralarini oshirishga sodiqligi sanoatda oʻchmas iz qoldirdi”.

Avvalroq boshqa bir Dawn Aerospace kompaniyasi Mk-II Aurora — kosmik samolyotining sinovi muvaffaqiyatli oʻtganini maʼlum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08