Samsung direktori Appleʼning kelgusi rejalari haqida bashorat qildi

Kompaniya rahbari o‘z nutqida raqibining nozik tomonlarini bilishini, hali Apple ishlab chiqarolmagan buklamafonlar borasida Samsung ilg‘orlikni bermasligiga ishora qildi.

Apple ham buklanadigan smartfon ishlab chiqara oladimi?

Yaqinda bergan intervyusida Samsungning mobil texnologiyalar boʻyicha rahbari Jeyms Kitto, “Apple innovatsiyalar borasida hamisha orqada, ishonchim komilki, kun kelib buni Amerikadagi doʻstlarimiz tushunishadi”, dedi.

Buklanadigan qurilmalar yangilik emas, aslida ular Samsung kompaniyasining saʼy-harakatlari tufayli koʻp yillardan beri mavjud.

Ayni paytda kompaniya bunday qurilmalarni Osiyodan tashqarida ham ommalashishi uchun astoydil intilishmoqda.

Apple esa kelgusida oʻz mahsulot qatoriga buklamafonlarni qoʻshishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida mish-mishlar koʻpayib bormoqda. Hozircha Apple buklamafon ishlab chiqarmagan yagona yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Canalys texnologiya tadqiqot kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra, buklanadigan telefonlar bozori 2023-yilda dunyo boʻylab sotiladigan barcha smartfonlarning bir foizini tashkil qiladi.

Biroq, bu Apple kompaniyasini bunday qurilmaga patent berishdan toʻxtata olmadi.

Tahlilchilarning fikricha, texnologiya giganti buklamafonlarni smartfon emas balki iPad planshetlari koʻrinishida ishlab chiqarishi mumkin.

Qurilmaning turidan qatʼi nazar, Apple tezda harakat qilishi kerak, chunki Samsung buklamafonlar borasida allaqachon katta rejalar tuzib qoʻygan.

Kittoning taʼkidlashicha, oʻn yillikning oxiriga kelib Samsung smartfonlari buklanadigan va tekis telefonlardan tashqari turli shakllarda ham taqdim etiladi.

Kompaniya allaqachon aylanma, aylantiriluvchi va silliq displeyli smartfonlar uchun koʻplab patentlar topshirgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08