Appleʼning eng noodatiy rahbari — Tim Kuk iPhone deyarli ishlatmaydi va elektron pochtasini hech kimdan yashirmaydi

Mana 12 yildirki Tim Kuk Apple kompaniyasida. Lekin “tishlangan olma” tashkiloti rahbari boshqa direktorlardan mutlaqo farq qilishi bilan eʼtiborni tortadi: Tim Kuk har kuni ertalab soat beshda uygʻonadi va istalgan kishi yozishi mumkin boʻlgan elektron pochtasini oʻqib chiqadi. Eng qizigʻi, Tim Kuk barchani iPhoneʼdan kamroq foydalanishga chaqiradi.

Demak, dunyoning eng yirik va “avtoritet” brendi rahbari boʻlmish Tim Kuk boshqa sardorlardan yana nimasi bilan ajralib turishini haqida suhbatlashamiz.

Tim Kuk intervyusi

Apple rahbari haqida koʻproq maʼlumot olish uning GQ ga bergan ajoyib intervyusidan oldik. Darhaqiqat, bu suhbat juda uzoq vaqt kutilgan edi. 

Odatda rahbar boʻlish oʻziga yarasha bosim va masʼuliyat demakdir. Shu sababli koʻplab rahbarlar xarakteri va hayot tarzida sezilarli oʻzgarishlar boʻladi. Jahldor, talabchan va qattiqqoʻl rahbar — barchamiz uchun anʼanaviy rahbar timsoli. Lekin bu tarif Tim Kukka mos kelmas ekan. Bir vaqtlar Stiv Jobs inqiroz va mojarolarda ajoyib gʻoyalar va ulardan chiqishning yoʻllarini topgan boʻlsa, uning vorisi muammolarni mutlaqo xotirjamlik bilan hal qilishga harakat qiladi.

Shuningdek, u jamoasiga oʻz fikrlarini singdirish emas, balki ularni eshitish uchun xodimlariga juda koʻp savol beradi. Shundan keyingina u muayyan masalalar boʻyicha oʻz fikrini aytadi. 

Endi oʻylashingiz mumkinki, Apple kabi yirik korporatsiya rahbari ish kunini erta tongdan boshlab va uyga juda kech qaytadi, deb. Lekin Kuk bu taraflama ham boshqa rahbarlarga oʻxshamas ekan: Kuk 19:00 dan kechikmay ofisni tark etadi. Timning oʻzi aytganidek, u buni xodimlariga “ishga vaqtida kelib vaqtida kelish normal” ekanligini singdirish uchun atayin qiladi. Chunki hamma narsa nazorat ostida va oʻz vaqtida boʻlsa, ortiqcha kuch va bosimga hojat qolmaydi.

Eng ajablanarlisi shundaki, u deyarli hech qachon emotsiyaga berilmaydi. Eddi Kyu Apple kompaniyasining dasturiy taʼminot boʻyicha katta vitse-prezidenti boʻlib, 1989-yildan beri kompaniyada ishlaydi. Eddi Tim Kukni shunday tariflaydi:

“Agar siz uning yuz ifodasiga qarab qaror qabul qilmoqchi boʻlsangiz, mutlaqo adashasiz. Men doim unga, ajoyib poker oʻyinchisi ekani va toʻrtta tuzi boʻla turib, emotsiyasiz boʻlgani uchun hech kimga bildirmay yutishi haqida aytib hazillashaman”.
O‘rtada Tim Kuk, o‘ngda Eddi Kyu
O‘rtada Tim Kuk, o‘ngda Eddi Kyu

Bunday yirik korporatsiyaning rahbari oʻzini nazorat qilishi deyarli ilojsiz holat. Chunki kompaniya qanchalik katta boʻlsa, xatolar va yoʻqotishlar ham shunchalik koʻp boʻladi. Tim Kuk ham xatolardan sugʻurtalanmagan, misol uchun, AirPower zaryadlashining muvaffaqiyatsizligining oʻzi brendga yetarlicha dars bergan. Biroq shunda ham Kuk toʻliq xotirjamlikni saqlab qolgan, sovuqqon boʻlgan.

Telefondan kamroq foydalanishning iloji bormi?

Tim Kukdan intervyu olgan Zak Baron ham Apple rahbarining xushmuomalaligini eʼtirof etdi. Butun suhbat davomida Tim biror marta ham Apple Watch yoki iPhoneʼga qaramagan va suhbatdan chetga chiqmagan. Zak u haqida “hatto yuqori lavozimlarni egallab ham insonlikni saqlab qolish mumkin ekan”, dedi.

Dunyoning eng top brendi hisoblangan iPhone va Apple gadjetlari ishlab chiqaruvchisi ishdan tashqari holatlarda mutlaqo qurilmalarga chalgʻimaydi, ekrandan uzoqroq turishga intiladi.

“Meni nazarimda, agar siz telefon ekraniga biror insonning koʻzlariga qaragandan koʻproq termilsangiz, demak yanglishyapsiz. Biz shu sababli ham qurilmalarimizda Ekran vaqti (Screen Time) oʻrnatdik. Hozirgi kunlarda bolalar raqamli boʻlib tugʻilmoqda.
Shu sababli bunga keskin cheklovlar qoʻyish juda muhim. Biz odamlarga oʻzlari qila olmagan narsalarni qilishlari, yarata olmaganlarini yaratishlari, oʻrgana olmaganlarini oʻrganishlari uchun texnologiyalar yaratamiz. Biz odamlarning telefonlarimizdan koʻp foydalanishini istamaymiz. Bu bizni ragʻbatlantirmaydi”.

Mazkur soʻzlarni korporatsiya rahbaridan eshitish hayratlanarli va yoqimli albatta: Tim Kuk oʻz kompaniyasining yuzi boʻlish bilan birga, insonlar haqida ham qaygʻuradi.

Oldinroq, Apple asoschisi Stiv Jobs haqida ilk realistik kitob taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08