Apple WWDC 2023: taqdimotni tomosha qilish uchun platformalar va kutilayotgan yangiliklar

5-iyun kuni boʻlib oʻtadigan WWDC 2023 konferensiyasiga naq bir hafta qoldi. U 9-iyungacha davom etadi va Apple har bir kun uchun dasturchilar uchun aniq tadbirlarni rejalashtirilgan.

Taqdimotda kutilayotgan yangiliklar boʻyicha oldinroq batafsil xabar bergan boʻlsak-da, quyida yana bir marta ularni eslab oʻtamiz:

  •   iPadOS 17
  •   macOS 14
  •   watchOS 10
  •   tvOS 17
  •   M3 MacBook Pro 13
  •   M2 Ultra Mac Pro
  •   M3 iPad Pro 2023
  •   iPad mini 7
  •   Reality Pro eshitish vositasi

Bu yilgi taqdimotda eng kutilgan qurilma — bu, shubhasiz, xrOS platformasi asosidagi aralash haqiqat eshitish vositasi boʻlishi vaʼda qilinmoqda. Mish-mishlarga koʻra, qurilma changʻi koʻzoynaklarini eslatuvchi korpusda ishlab chiqariladi va kengaytirilgan hamda virtual reallikni (AR/VR) qoʻllab-quvvatlaydi.

Mashhur Oculus koʻzoynagi yaratuvchilari ham allaqachon yangilikni sinab koʻrgan va uni oʻzlarining VR ko‘zoynaklaridan ham yaxshiroq ekanligini tan olishgandi.
Mashhur Oculus koʻzoynagi yaratuvchilari ham allaqachon yangilikni sinab koʻrgan va uni oʻzlarining VR ko‘zoynaklaridan ham yaxshiroq ekanligini tan olishgandi.

Insayder maʼlumotlariga koʻra, Apple garniturasi har 2-3 soatda oʻzgartirilishi kerak boʻlgan tashqi batareyada ishlaydi va narxi 3 ming dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq Giglink.uz Apple kompaniyasi xrProOS tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgani, shunga asosan juda yengil va noqulay boʻlishi taxmin qilinayotgan garnitura nomi xrProOS Pro deb nomlanishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Apple taqdimotini qayerda tomosha qilish mumkin?

Bu yilgi konferensiya ham doimgidek onlayn tarzda oʻtkaziladi, biroq Apple ochilish kuni Kaliforniyaning Kupertino shahridagi Apple Park kampusida yopiq oflayn taqdimotni ham oʻtkazadi. Tadbir 5-iyun kuni soat 22:00 da start oladigan onlayn taqdimot bilan boshlanadi.

Onlayn tomosha qilish uchun platformalar:

Agar siz taqdimotni ingliz emas rus tilida tomosha qilishni istasangiz, buning uchun yaqinda shunday funksiyaga ega boʻlgan Yandex brauzeri sinxron tarjima funksiyasidan YouTube sahifani brauzerda ochgan holda foydalanishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08