Toyota 100 km masofani bosib oʻtuvchi yuk elektrovelosipedini ishlab chiqardi

Toyota France kompaniyasi Burgundiyadagi yuk velosipedlarini ishlab chiqaruvchi Douze Cycles kompaniyasi bilan hamkorlikda 100 kilogrammgacha yuk koʻtara oladigan platformaga ega elektr velosipedni ishlab chiqardi.

Toyota France

Yangi model Yamaha dvigateli bilan jihozlangan va 100 kilometrgacha yetadigan quvvat zaxirasiga ega.

Ikki gʻildirakli avtomobil Fransiyada ishlab chiqarilgan quyma alyuminiy ramkaga ega. U shunday tuzilganki, haydovchi oldida bir necha usulda foydalanish mumkin boʻlgan platforma hosil boʻladi. Bu velosipedda nafaqat turli xil yuklarni tashish mumkin, balki, maxsus alyuminiy toʻsiqli maxsus qutida bolalarni ham tashish mumkin.

Velosiped balandligini haydovchi boʻyiga moslash mumkin. 250 Vt quvvatga ega Yamaha motori 500 Vt quvvatga ega batareyalar bilan birlashtirilgan va oddiy maishiy rozetkadan 4 soat ichida 100% gacha quvvatlanadi.

Boshqaruv va haydash uchun qulayligidan tashqari, elektrovelosiped gidravlik tormozlar, svetodiod yoritkich tizimi, 80 mm pnevmatik vilka hamda Pick-Up yuk mashinasi shinalari bilan jihozlangan. Elektrovelosiped tez orada Toyota France dilerlik markazlarida sotuvga chiqariladi. Narxi haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08