Tesla nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan oʻzib ketdi

Yaxshi sotilishi uchun modellari yangilanishi ham shart emas — mashhur nemis avtomobil brendlarini ortda qoldirayotgan Tesla elektromobillari trendga chiqib bormoqda.

Tesla elektromobillar yetkazib berish boʻyicha dunyo birinchiligini qoʻlga kiritmoqda. Yilning birinchi yarmida kompaniya 889 015 dona mahsulot yetkazib berdi. Bu VW Group, BMW va Mercedes-Benz nemis brendlari birgalikda yetkazib berganidan koʻp (birinchi infografika). 

Tesla eng katta bozorni, yaʼni Xitoyni boshqarmoqda va hozirda bu yerda undan tashqari ikkinchi oʻrinda mahalliy BYD Co. markasi ketmoqda.

Nemis avtomobil brendlari Gʻarbda ham ilgʻorlikni Teslaga berib qoʻymoqda. Toʻgʻri, yilning birinchi yarmida VW Group umumiy natijada 10 ming dona oshiq sotuv bilan Teslani ortda qoldirgandi.

Tesla esa bu natijalarning barchasiga yillar davomida yangilanmay kelayotgan avtomobillari bilan erishmoqda. Masalan, 2020-yilda ishlab chiqarilgan oxirgi avtomobil Tesla Model Y boʻlgan, Model 3 esa 2017-yilda chiqarilganidan beri qayta yangilangani yoʻq.

2030-yilga kelib Xitoyning asosiy avtomobil bozorining 90 foizini elektr transport vositalari egallashi prognoz qilinmoqda. Albatta, bu yerda mahalliy brendlar kuchayadi, biroq tahlilchilarning aytishicha, Tesla yetakchilar qatorida qoladi va nemis avtokompaniyalari endi avvalgidek yuqori eʼtiborga sazovor boʻlmaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08