Tesla Model 3 sedanining yangilangan versiyasi nimasi bilan yaxshiroq?

Tesla Xitoyda yangi dizayn, kengaytirilgan diapazon va ajoyib funksiyalarga ega Model 3 elektr sedanining ilk sotuvlarini ochdi.

Avtomobil yangilangan old va orqa qismlarni, yoritishni, turli balon disklari, shuningdek, yangi interyerga ega boʻldi. Tesla, masofani oshirish, qarshilikni va shamol shovqinini kamaytirish uchun aerodinamikani yaxshilaganini aytdi. Modellarning yangi ranglari: Ultra Red va Stealth Grey.

Qayd etilishicha, avtomobillar butunlay yangilangan old qismga ega, jumladan, faralar, qanotlar, kapot va bamperlar oʻzgargan. Orqa tomonda C shaklidagi chiroqlar, boshqa bagaj qopqogʻi va bamper paydo boʻldi hamda emblema oʻrniga endi faqat brend nomi qoʻyilgan. Sedanning uzunligi 4694 dan 4720 mm gacha uzaytirilgan.

Interyerda ham jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Markaziy displey diagonali 15,4 dyuymga teng. Shuningdek, yangi 8 dyuymli orqa displey oʻrnatilgan temperatura, ventilyatsiya va maʼlumot-koʻngilochar boshqaruv elementlariga ega.

19 dyuymli gʻildiraklari bilan orqa gʻildirakli Model 3 WLTP siklida bir marta quvvatlanganda 513 km masofani bosib oʻta oladi, LR versiyasi esa 629 km. 100 km/soat tezlikka erishish orqa gʻildirakli model uchun 6,1 soniyani, LRning toʻliq gʻildirakli versiyasi uchun esa 4,4 soniyani tashkil qiladi.

Yangilangan Model 3 ni yetkazib berish oktyabr oyi oxirida Yevropa va Yaqin Sharqda boshlanadi. Xitoyda oldindan buyurtmalar allaqachon 35 000 dollar narxda boshlangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08