Oʻzbekistonda Chevrolet Gentra rusumli avtomobili hayratlanarli arzon narxda sotuvga qo‘yildi
Avto
06 may, 13:40
Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Gentra sotuvi haqida eʼlon paydo boʻldi. Mashina yaxshi holatda, lekin bir nechta eʼtibor talab qiladigan holatlar mavjud.

Model 2010-yilda chiqarilgan, yaʼni hozir uning yoshi 13 da va foydalanishga toʻliq yaroqli. Bundan tashqari, avtomobil yurgan masofasi 279 ming kilometrni tashkil qiladi. Boshqa tarafdan, uni sotayotgan kishi mashinaga ozgina sarmoya kiritish kerakligini aytmoqda.

Shuningdek, bu Gentraga aylantirilgan Chevrolet Lacetti modeli ekan. Ammo oʻzgartirishlarga qaramay, bir qarashda bu Gentra emas, balki Lacetti ekanligini ajratish qiyin.

Egasi oʻz mashinasi uchun 6800 dollar soʻramoqda. Eʼtiborlisi, bu pulga Sergeli avtomobil bozoridan aʼlo holatdagi Chevrolet Matiz sotib olish mumkin.
Yaqinda boshqa bir yurtdoshimiz tomonidan eng qimmat Chevrolet Gentra sotilgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon

Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya

Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar