Oʻzbekistonda litsenziyasiz moped va skuterda yurishga vaqtinchalik ruxsat berildi

2024-yilning 1-yanvariga qadar oʻzbekistonliklarga haydovchilik guvohnomasisiz moped va skuterlarda yurishga ruxsat berildi.

2023-yil 11-maydagi “Yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, quyidagi texnik shartlarga javob beradigan ikki va uch gʻildirakli transport vositalari uchun majburiy litsenziya talabi vaqtinchalik bekor qilinadi:

  • maksimal tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan;
  • ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 kub santimetrdan oshmaydigan;
  • oʻrnatilgan quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr motorli transportlar.

Yangilik mopedlar, kvadrosikllar, uch gʻildirakli velosipedlar, skuterlar, shuningdek, qatnov qismida harakatlanish uchun moslashtirilgan boshqa mexanik qurilmalar uchun amal qiladi.

Shu bilan birga, bunday transport vositalarida sayohat qilayotgan fuqarolar maxsus mototsikl shlemini kiyishlari kerak.

Yuqorida taʼkidlanganidek, mazkur qaror umumiy ovqatlanish va yetkazib berish xizmatlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida boshqaruv guvohnomasini vaqtinchalik toʻxtatib turish belgilangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08