Oʻzbekistonda Exeed zavodi ochilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish jihozlari allaqachon olib kelingan

Oʻzbekiston bozoriga 7 ta elektromobili bilan rasman kirib kelgan Exeed ayni paytda yangi avtomobil zavodi qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Zavod bahor oylarida ochilishi mumkin.

Exeed

Hozirda Toshkentdagi boʻlajak sanoat maydoniga uchun zarur jihozlar yetkazib berilmoqda. Asaka Motors International distribyutor kompaniyasining China Automobiles nashriga maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda Exeed zavodini ishga tushirish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Yuk koʻtarish uskunalari, turli xil avtomobil parametrlarini sinab koʻrish uchun maxsus uskunalar allaqachon oʻrnatilgan. 

китайские-автомобили.рф
китайские-автомобили.рф

Exeed kompaniyasining Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy direktori Jeff Lyu oʻtgan haftada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.

“Oʻzbekiston jadal rivojlanayotgan bozor, bu yerda yangi avtomobillarga qiziqish muttasil ortib bormoqda. Oʻylaymanki, oʻzbek avtomobil ishqibozlari Exeed avtomobillarining barcha afzalliklarini qadrlashadi”, — dedi Jeff Lyu.

Top-menejerning tashrifi davomida brendning Oʻzbekistondagi rejalari qisman maʼlum qilindi, unga koʻra, Exeed zavodi dastlab yiliga 5 mingta avtomobil yigʻish imkoniyatiga ega boʻladi. “Asaka Motors International” bosh direktori oʻrinbosari Akramjon Toʻxtaboyevning soʻzlariga koʻra, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yiliga 20 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Exeed avtomobillari Oʻzbekistondan tashqi bozorlarga eksport qilinadimi yoki yoʻqmi, hozircha maʼlum qilinmagan. Biroq, korxonaning dizayn parametrlari, mahalliy bozordan ham kattaroq muhitga yetadigan hajmni qamrab olishga qaratilganini sezish mumkin. imkoniyatlaridan oshib ketadi.

Maʼlumot uchun, avvalroq Oʻzbekistonda Exeed avtomobillari sotuvi mart oyida boshlanishi haqida xabar berilgandi. Bunda uchta model — VX, TXL va LX krossoverlarini xarid qilish mumkin boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08