Lucid Air Touring — ultra-premium tarifdagi zamonaviy elektromobil tavsifi

Lucid Air Touring — bu EPA standartiga koʻra, 384 milya elektr masofasiga ega boʻlgan besh yoʻlovchiga moʻljallangan sedan. Tesla’ning hamyurti hisoblangan elektromobil xususiyatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Lucid

Lucid Tesla elektromobillaridan oʻrnak olgan holda sedan ichidagi deyarli barcha tugmalarni olib tashlab iqlimdan tortib avtomobil sozlamalarigacha boʻlgan barcha funksiyalar uchun bir juft katta sensorli ekran oʻrnatgan.

Odatiy tugmalarning oʻrniga sensorli ekranning joylanganligi ham avtomobil bahosini oshirib koʻrsatadi, deyish mumkin.

Butun salondagi yagona tugmalar rulda joylashgan boʻlib, ilgʻor adaptiv kruiz nazorati va masofani kuzatish, shuningdek, bir nechta axborot-koʻngilochar funksiyalarni boshqaradi.

Lucid Air Touring pol ostida 92 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator mavjud. Bu qimmatroq, uzoq masofaga ega boshqa bir elektrokar — Grand Touring oʻrtasidagi asosiy farq boʻlib, u uzoqroq masofa uchun kattaroq 112 kVt-soat koʻrsatkichli akkumulyator batareyasiga ega.

Lucid polidan bir nechta akkumulyator toʻplamini olib tashlagani sababli, orqa oʻrindiq uzunasiga ham kengroq tuyuladi.

Air 0,197 aerodinamik qarshilik koeffitsientiga ega, bu 0,200 va 0,208 qarshilik koeffitsientiga ega boʻlgan Mercedes EQE sedani va Tesla Model S dan pastroq koʻrsatkich demakdir.

Elektromobil navigatsiya va haroratni nazorat qilish kabi funksiyalarni boshqarish uchun Amazon Alexa ovozli yordamchisidan foydalanadi. Ammo, maʼlum boʻlishicha, mazkur ovozli yordamchi bir nechta noqulayliklarga ega va takomillashtirishga muhtoj. Shu sababli biz uni kamchiliklar qatoriga kiritdik.

Biroq, yoʻlda Lucid Air ustunlik qiladi. Sedan ichi sokin va oʻzining kattaligiga qaramay, mashinani aylanma, bir qatorli yoʻllarda boshqarish hayratlanarli darajada oson. Qolaversa, derazalarni pastga tushirganingizda ham tashqaridagi shovqin ichkariga deyarli sezilmaydi.

Air Touring uchta standart rejimga ega: Smooth (eko/konfor), Swift (sport) yoki Sprint (sport+, bu yerda siz ishga tushirishni boshqarish funksiyasiga kirishingiz mumkin).

  • Elektromobil narxi 120 000 dollar.

Avvalroq Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ilk elektromobil sotuvga chiqarilgani va uning narxi 277 million so‘m bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08