Ikkitasi birda: ikkita jip narxidagi 2X Jeep Wrangler

Qarshingizda ikki barobar keng, ikkita eshik va sakkiz oʻrindiqqa ega Jeep Wrangler modeli rasmi. Foydalanish uchun mutlaqo yaroqli boʻlgan mazkur model qanchalik ajabtovur bo‘lmasin, uning ayni paytda muzeyda saqlanishi yanada ajablanarli.

— Bitta Jeep Wranglerdan yaxshiroq nima boʻlishi mumkin?

— Albatta, ikkita Jeep Wrangler.

Boshqa koʻplab Wrangler modellari kabi, bu ekzemplyarning ham ikkita eshigi bor, lekin farqi shundaki, u sakkizta yoʻlovchiga moʻljallangan.

2X oʻlchamdagi mashina hozirda Merzugadagi Marokash milliy avtomobil muzeyida saqlanadi. Ammo model tomosha uchun qoʻyiladigan befoyda eksponat emas — unda bemalol yurish mumkin. Buning isbotini 2013-yili YouTubeʼga joylangan, egizak Jeep Wrangler avtomobilining katta yoʻl boʻylab yurib ketayotgani, boshqa haydovchilarning esa hayron boʻlib kuzatib turgani tushirilgan videoda koʻrish mumkin.

Mashina pastki qismida, ikki kenglikdagi karkas bor, uning ostida gʻildiraklar va muvozanatni ushlab turishga moʻljallangan podveska oʻrnatilgan.

Garchi ikkita mashina qoʻshilishidan hosil boʻlgan boʻlsa-da, mashina faqatgina chap tomonda joylashgan bitta rulga ega. Bizningcha, oʻng tarafda yana bitta rul zarar qilmagan boʻlar edi.

Ikki dvigateldan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlsa-da, Jeep Wrangler bitta V6 — modelga qarab 3,6 litr yoki 3,8 litrga hajmli dvigatelga ega boʻlishi ehtimoli katta.

Oldinroq Oʻzbekistonlik oʻzining Gentra avtomobilini Lamborghini’ga aylantirgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08