Ikkilamchi bozorda avtomobil narxlari

Aprel oyi kirib kelishiga ikkinchi qoʻl avtomobil narxlari tushayotgani maʼlum boʻldi. Aytaylik, Nexia 3, Cobalt, Damas narxlari tushayotgan bo‘lsa, Matizniki aksincha oz bo‘lsada ko‘tarilgan.

Sergeli mashina bozori, internet tarmoqlari va OAV manbalari asosida olingan o‘rtacha narxga ko‘ra,  Chevrolet rusumidagi avtomobillar  qiymati quyidagicha bo‘lmoqda.

Chevrolet Spark

2018-19-yilda ishlab chiqarilgan, mexanika, 70 ming kilometrgacha yurgan ushbu modelni 7400 dollardan 9500 dollargacha sotib olish mumkin.

Avtomat karobkalisi 9600 dollardan 11800 dollargacha baholanmoqda.

  • Mexanika — 8 450 dollar (mart oʻrtalaridagi narxdan 250 dollarga tushgan).
  • Avtomat karobka — 10 700 dollar (150 dollarga tushgan).

Chevrolet Nexia-3

2018-20-yillarda ishlab chiqarilgan (80 000 kilometrgacha yurgan) mexanika avtomobil 8 700 dollardan 11 400 dollargacha baholanmoqda, avtomat karobkalisi esa 10 000 dan 12 600 dollargacha narxlanmoqda.

  • Mexanika — 10 050 dollar (300 dollarga tushgan).
  • Avtomat — 11 300 dollar (300 dollarga tushgan).

Chevrolet Cobalt

2019-20-yilda ishlab chiqarilgan mexanik uzatmali va yurgan masofasi 75 ming kilometrdan oshmaydigan Cobalt narxi 10 700 dollardan 12 800 dollargacha, avtomat karobkalisi esa 12 500 dollardan 14 200 dollargacha boʻlmoqda.

  • Mexanika — 11 750 dollar (avvalgi narxidan 100 dollarga tushgan).
  • Avtomat karobka — 13 350 dollar (150 dollarga tushgan).

Chevrolet Gentra

2019-2020-yillarda ishlab chiqarilgan, mexanika (70 000 kilometrgacha yurgan) avtomobil bozorda 11 800 dollardan 12 800 dollargacha baholanmoqda. Avtomat karobkalisi esa 13 200 dan 15 500 dollargacha sotiladi.

  • Mexanika — 12 300 dollar (50 dollarga tushgan).
  • Avtomat — 14 350 dollar (400 dollarga tushgan).

Chevrolet Damas

2018-19-yillarda ishlab chiqarilgan va yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan ushbu avtomobil uchun siz 7 500 dollardan 8 800 dollargacha toʻlashingiz kerak boʻladi.

  • Oʻrtacha narxi — 8 150 dollar (450 dollarga tushgan).

Chevrolet Matiz

2014-15-yillarda ishlab chiqarilgan, 350 ming kilometrgacha yurgan Matiz narxi 4 000 dollardan 5 400 dollargacha baholanmoqda.

  • Oʻrtacha narxi — 4700 dollar (50 dollarga koʻtarilgan).

Avvalroq Giglink.uz, Toshkent shahrida mukammal jihozlangan Amerikaning Chevrolet Spark avtomobili hamyonbop narxda sotilgani haqida ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08