Geely va Exeed Oʻzbekiston bozoriga rasman kirib keldi

2023-yilda Geely va Exeed Oʻzbekiston bozoriga kirib keladi. Geely oʻzi bilan jami 7 ta, ulardan 2 tasi elektromobil boʻlgan modellar olib kirishni ham rejalashtirgan. Xabarni har ikkala kompaniya matbuot xizmati tasdiqlagan.

Maʼlum qilinishicha, akkumulyatorlik avtomobil — Gap Geometry C elektr xetchbeki birinchi boʻlib bozorga olib kiriladi. Ushbu model 204 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, quvvat zaxirasi 550 kilometrni tashkil etadi. Modelning menyu multimedia tizimi rus va ingliz tillarida.

“Ishonchimiz komilki, xaridorlar Geely kompaniyasining yangi mahsulotlarini, xususan, Geometry C elektromobilini yuqori baholaydi. Ushbu model zamonaviy dizayn, yuqori raqobatbardosh ustunliklari bilan bir qatorda hamyonbop narxda taqdim etiladi”, — dedi Asaka Motors International distribyutorlik kompaniyasi tijorat direktori Saidjon Tursunov.

Qayd etilishicha, 2023-yil Geely brendining barcha avtomobillar assortimenti mijozlarga taqdim etiladi. Sotuv bahor oylarida boshlanadi. Ular orasida Geely Coolray, Geely Monjaro, Geely Tugella, Geely Okavango, Geely Emgrand, shuningdek, Geely Geometriya E va Geely Geomery C elektromobillari ham bor.

Geely ortidan Exeed ham oʻzbek bozoriga tashrifi kutilmoqda. Fevral oyining oʻzidayoq Oʻzbekistonda kompaniyaning 3 ta modeli roʻyxatdan oʻtkaziladi, bular — LX, TXL va VX. Sotuv bahorga rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, “Geely Auto” — 1986-yilda tashkil etilgan “Geely Holding Group” tarkibiga kiruvchi brend hisoblanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17
Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45